O‘zbekistonda batareykadan to shishagacha ekoyig‘im joriy etiladi

1 daqiqa o'qish496
O‘zbekistonda batareykadan to shishagacha ekoyig‘im joriy etiladi

O‘zbekistonda ayrim turdagi mahsulotlar uchun ekologik yig‘im tizimi yo‘lga qo‘yiladi. Bu haqda Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi 14 avgust kuni Prezidentga taqdim etgan maxsus taqdimotida ma’lum qilindi.

Qaysi mahsulotlar uchun ekoyig‘im bo‘ladi?
Yangi tartibning birinchi bosqichida quyidagi 6 turdagi tovarlar ekologik yig‘im doirasiga kiradi:

batareyka va akkumulatorlar;

transport vositalari;

moylash materiallari;

qadoq mahsulotlari;

shinalar va rezina kameralar;

shisha mahsulotlari.

Vazirlik ma’lumotlariga ko‘ra, hozirda mamlakatda chiqindilarning katta qismi poligonlarga yuboriladi va qayta ishlash darajasi ancha past. Masalan, shinalarning bor-yo‘g‘i 17 foizi, shishaning 6,3 foizi, plastmassaning esa 11,2 foizi qayta ishlanadi.

Chiqindilar hajmi va kelajak prognozlari
Yillik chiqindi hajmi juda katta: plastmassa bo‘yicha — 1,8 million tonna, elektron chiqindilar — 144 ming tonna, shisha — 647 ming tonna, moy — 250 tonna va rezina bo‘yicha 217 ming dona. Shuningdek, 2035 yilga qadar elektr chiqindilar hajmi yana 10 ming tonnaga ko‘payishi kutilmoqda.

Ekologik yig‘im joriy etilishi chiqindilarni qayta ishlash tizimini rivojlantirish, tabiatga zararni kamaytirish va resurslardan samarali foydalanishni ta’minlashga qaratilgan. Bu orqali qayta ishlash salohiyati oshirilib, poligonlarga chiqindilar oqimini kamaytirish rejalashtirilmoqda.

Maqola sizga yoqdimi?

Obuna bilan reklama bo'lmaydi

Zamin Premium — oyiga 4 900 so'm

Izohlar0

…

  1. Futbol akademiyalari uchun Skaut: to‘lov, davomat va ota-ona bilan aloqa endi bitta tizimda
  2. Toshkentdan Amerikaga: Nurmuxammad Ismoilov Akinda orqali halol investitsiyani global miqyosga olib chiqmoqda
  3. Avtoservisingizni raqamlashtiring: Bip Business bilan mijozlarni yo‘qotmang
  4. Mashina oynasiga raqam yozish xavflimi? Bip haydovchilar uchun yangi yechim topdi!
  5. 8 ta keng tarqalgan moliyaviy xato: nimalardan saqlanish kerak?
  6. Playmatch: maydon egalari ishini ancha yengillashtiradi
  7. Playmatch: futbol o‘ynash uchun kerakli barcha xizmatlar bitta ilovada
  8. Kundalik xarajatlar uchun kartani qanday tanlash mumkin?
  9. Eldor Shomurodov futbol akademiyasi va TBC Bank: bolalik orzularidan katta futbolgacha
  10. ANORBANK Boʻstonliqdagi 168-son maktab-internat tarbiyalanuvchilarini tabrikladi
  11. Haydovchilar va tashuvchilar uchun OSGOP sug‘urtasining afzalliklari...
  12. Pure Milky’dan navbatdagi kreativ: Har qadam — aziz insonlarga mehr bilan!
  13. Kredit olish imkoniyatini oshirish uchun qayerda ishlash kerak?
  14. Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
  15. Fanning rivojlanishiga barchamiz mas’ulmiz!
  16. XIV Toshkent xalqaro kinofestivali qanday o‘tkazilmoqda?