Marketpleyslarda mahsulot sotgan tadbirkorlarga yangi imkoniyat yaratiladi

1 daqiqa o'qish194
Marketpleyslarda mahsulot sotgan tadbirkorlarga yangi imkoniyat yaratiladi

Kechagi davlat rahbarining tadbirkorlar bilan uchrashuvida, so‘nggi uch yilda marketpleyslar soni 24 tadan 163 tagacha oshgani qayd etildi, deb Uz24 xabar berdi.

Prezident Shavkat Mirziyoyev ta’kidlashicha, tadbirkorlar mahsulotlarini raqamli platformalar orqali eksport qilishni o‘rgangan. Ular milliy va xorijiy marketpleyslarda sotilgan mahsulotlar uchun ham an’anaviy eksportdagidek QQS qaytarilishini talab qilishgan.

Davlat rahbari mas’ullarga bu jarayonni tasdiqlab, amaliyotga joriy qilishni topshirdi. Shuningdek, fintex-startaplarni ko‘paytirish va ularni qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha besh yillik strategiya ishlab chiqilishi aytildi.

“Ochiq banking” ekotizimi joriy etilib, u banklar, fintex kompaniyalar va startaplar o‘rtasida ko‘prik vazifasini bajaradi.

Yaqin yillarda startap loyihalarga yo‘naltiriladigan investitsiyalar hajmi hozirgidan 10 barobar oshirilishi rejalashtirilmoqda.

Maqola sizga yoqdimi?

Obuna bilan reklama bo'lmaydi

Zamin Premium — oyiga 4 900 so'm

Izohlar0

…

  1. Futbol akademiyalari uchun Skaut: to‘lov, davomat va ota-ona bilan aloqa endi bitta tizimda
  2. Toshkentdan Amerikaga: Nurmuxammad Ismoilov Akinda orqali halol investitsiyani global miqyosga olib chiqmoqda
  3. Avtoservisingizni raqamlashtiring: Bip Business bilan mijozlarni yo‘qotmang
  4. Mashina oynasiga raqam yozish xavflimi? Bip haydovchilar uchun yangi yechim topdi!
  5. 8 ta keng tarqalgan moliyaviy xato: nimalardan saqlanish kerak?
  6. Playmatch: maydon egalari ishini ancha yengillashtiradi
  7. Playmatch: futbol o‘ynash uchun kerakli barcha xizmatlar bitta ilovada
  8. Kundalik xarajatlar uchun kartani qanday tanlash mumkin?
  9. Eldor Shomurodov futbol akademiyasi va TBC Bank: bolalik orzularidan katta futbolgacha
  10. ANORBANK Boʻstonliqdagi 168-son maktab-internat tarbiyalanuvchilarini tabrikladi
  11. Haydovchilar va tashuvchilar uchun OSGOP sug‘urtasining afzalliklari...
  12. Pure Milky’dan navbatdagi kreativ: Har qadam — aziz insonlarga mehr bilan!
  13. Kredit olish imkoniyatini oshirish uchun qayerda ishlash kerak?
  14. Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
  15. Fanning rivojlanishiga barchamiz mas’ulmiz!
  16. XIV Toshkent xalqaro kinofestivali qanday o‘tkazilmoqda?