Sudyalikka nomzodlar uchun yangi akademiya ochiladi

1 daqiqa o'qish287
Sudyalikka nomzodlar uchun yangi akademiya ochiladi

O‘zbekistonda sud-huquq sohasini tubdan takomillashtirish va sudyalikka nomzodlarni tayyorlash tizimini yangi bosqichga olib chiqish maqsadida muhim islohot amalga oshiriladi. Prezidentning 21 avgust kuni qabul qilingan farmoniga muvofiq, Sudyalar oliy kengashi huzuridagi Sudyalar oliy maktabi negizida “O‘zbekiston Respublikasi Odil sudlov akademiyasi” tashkil etiladi.

Farmonga ko‘ra, 2025 yil 1 oktyabrdan boshlab, sudyalik lavozimlariga da’vogarlar Akademiyada maxsus 6 oylik kasbiy qayta tayyorlash kurslarida davlat granti asosida ta’lim oladi. Ushbu kurslarga qabul qilingan tinglovchilarning mavjud ish joyi saqlanib qoladi hamda ularga sudya yordamchisi oylik maoshiga teng miqdorda stipendiya to‘lanadi.

Kursga kirish tanlov asosida amalga oshiriladi. Nomzodlar quyidagi bosqichlardan o‘tadilar:

psixologiya fanidan test;

chet tili bo‘yicha sinov;

sud ixtisosligi yo‘nalishida test;

yozma imtihon;

shaxsiy suhbat.

Yakuniy attestatsiyani muvaffaqiyatli topshirgan bitiruvchilar bo‘sh sudyalik lavozimlariga o‘tkaziladigan tanlovlarda ishtirok etish huquqiga ega bo‘ladi. Biroq, o‘qish dasturini o‘zlashtira olmagan yoki taklif etilgan lavozimni rad etgan tinglovchilar o‘qish jarayonida olgan stipendiyasini to‘liq qaytarishi shart qilinadi.

Shu bilan birga, sudya va sud apparati xodimlari uchun majburiy malaka oshirish tizimi yo‘lga qo‘yiladi. Jumladan:

5 yil muddatga tayinlangan sudyalar – har ikki yilda kamida ikki haftalik kurs;

10 yil muddatga tayinlanganlar – har uch yilda ikki haftadan kam bo‘lmagan o‘quv dasturi;

Oliy sud sudyalari, sud raislari va o‘rinbosarlari – har uch yilda bir haftalik kurs;

samaradorligi past bo‘lgan sudyalar – navbatdan tashqari ikki haftalik kurs;

sud apparati xodimlari – har ikki yilda bir haftalik malaka oshirish.

Kelgusida rahbar lavozimlarga faqat qayta tayyorlash kurslarini muvaffaqiyatli tamomlagan sudyalar tayinlanishi belgilangan. Shuningdek, 2026/2027 o‘quv yildan akademiyada “Sud faoliyati” yo‘nalishida magistratura dasturi ham yo‘lga qo‘yiladi.

Bu islohotlar nafaqat sudyalik lavozimlariga nomzodlarni puxta tayyorlash, balki amaldagi sudyalarning malakasini oshirish va sud tizimining samaradorligini kuchaytirishga xizmat qilishi kutilmoqda.

Maqola sizga yoqdimi?

Obuna bilan reklama bo'lmaydi

Zamin Premium — oyiga 4 900 so'm

Izohlar0

…

  1. Futbol akademiyalari uchun Skaut: to‘lov, davomat va ota-ona bilan aloqa endi bitta tizimda
  2. Toshkentdan Amerikaga: Nurmuxammad Ismoilov Akinda orqali halol investitsiyani global miqyosga olib chiqmoqda
  3. Avtoservisingizni raqamlashtiring: Bip Business bilan mijozlarni yo‘qotmang
  4. Mashina oynasiga raqam yozish xavflimi? Bip haydovchilar uchun yangi yechim topdi!
  5. 8 ta keng tarqalgan moliyaviy xato: nimalardan saqlanish kerak?
  6. Playmatch: maydon egalari ishini ancha yengillashtiradi
  7. Playmatch: futbol o‘ynash uchun kerakli barcha xizmatlar bitta ilovada
  8. Kundalik xarajatlar uchun kartani qanday tanlash mumkin?
  9. Eldor Shomurodov futbol akademiyasi va TBC Bank: bolalik orzularidan katta futbolgacha
  10. ANORBANK Boʻstonliqdagi 168-son maktab-internat tarbiyalanuvchilarini tabrikladi
  11. Haydovchilar va tashuvchilar uchun OSGOP sug‘urtasining afzalliklari...
  12. Pure Milky’dan navbatdagi kreativ: Har qadam — aziz insonlarga mehr bilan!
  13. Kredit olish imkoniyatini oshirish uchun qayerda ishlash kerak?
  14. Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
  15. Fanning rivojlanishiga barchamiz mas’ulmiz!
  16. XIV Toshkent xalqaro kinofestivali qanday o‘tkazilmoqda?