Toshkentda yo‘lboshchi va yordamchi itlarni tayyorlantirilmoqda

1 daqiqa o'qish378
Toshkentda yo‘lboshchi va yordamchi itlarni tayyorlantirilmoqda

Poytaxtda odamlar hayotini yengillashtirish va ularning kundalik harakatlanishini xavfsiz qilish maqsadida noyob loyiha yo‘lga qo‘yildi. IIV Bosh boshqarmasi matbuot xizmati ma’lum qilishicha, tajriba tariqasida ko‘zi ojiz shaxslarga yo‘lboshchi itlar hamda yolg‘iz nogironligi bo‘lgan fuqarolarga yordamchi itlar o‘qitila boshlandi.

Hozirda maxsus mashg‘ulot maydonlarida tayyorgarlik jarayonlari olib borilmoqda. Itlar avvalo maxsus arenalarda o‘rgatiladi, keyin esa shahar ko‘chalarida amaliy mashqlar o‘tkaziladi. Yo‘lboshchi itlar ko‘zi ojiz insonlarning ko‘chada xavfsiz yurishi, turli to‘siqlarni yengib o‘tishi va kerakli manzilga yetib olishini ta’minlaydi.

Shuningdek, yordamchi itlar nogironligi bo‘lgan yolg‘iz insonlarga uy ishlarida ham ko‘maklashishi ko‘zda tutilgan. Masalan, ular oldindan belgilangan marshrut bo‘ylab yurish, zarur dori-darmon yoki oziq-ovqatni olib kelish, hatto maxsus sumkada ro‘yxat bo‘yicha tovarlarni xarid qilishga o‘rgatiladi. Farmatsevt yoki sotuvchi buyurtmani sumkaga joylashtirib bergach, it uyga qaytish buyrug‘ini bajara oladi.

Ta’lim jarayonida dastlab it bilan birga maxsus murabbiylar yo‘lga chiqadi. Bu ularga yo‘lni yaxshi yodlab olish va oddiy vaziyatlarga to‘g‘ri reaksiya qilishni o‘rganish imkonini beradi. To‘liq tayyorgarlik kursi sakkiz oydan o‘n oygacha davom etadi. Shu vaqt ichida itlar kerakli joylarning nomlarini eslab qolishni, u yerga borib qaytishni va egasini xavfsiz yetaklashni o‘rganadi.

Mazkur tashabbus mamlakatimizda ilk bor amalga oshirilayotgani bois, aholi ham to‘rt oyoqli yordamchilarni to‘g‘ri qabul qilishi uchun maxsus tushuntirish ishlari olib boriladi. Mutaxassislar ta’kidlashicha, yo‘lboshchi itlar faqat insonning ko‘zi, qo‘li yoki oyog‘i emas, balki uning hayotdagi so‘zsiz do‘stiga aylanishi mumkin.

Maqola sizga yoqdimi?

Obuna bilan reklama bo'lmaydi

Zamin Premium — oyiga 4 900 so'm

Izohlar0

…

  1. Futbol akademiyalari uchun Skaut: to‘lov, davomat va ota-ona bilan aloqa endi bitta tizimda
  2. Toshkentdan Amerikaga: Nurmuxammad Ismoilov Akinda orqali halol investitsiyani global miqyosga olib chiqmoqda
  3. Avtoservisingizni raqamlashtiring: Bip Business bilan mijozlarni yo‘qotmang
  4. Mashina oynasiga raqam yozish xavflimi? Bip haydovchilar uchun yangi yechim topdi!
  5. 8 ta keng tarqalgan moliyaviy xato: nimalardan saqlanish kerak?
  6. Playmatch: maydon egalari ishini ancha yengillashtiradi
  7. Playmatch: futbol o‘ynash uchun kerakli barcha xizmatlar bitta ilovada
  8. Kundalik xarajatlar uchun kartani qanday tanlash mumkin?
  9. Eldor Shomurodov futbol akademiyasi va TBC Bank: bolalik orzularidan katta futbolgacha
  10. ANORBANK Boʻstonliqdagi 168-son maktab-internat tarbiyalanuvchilarini tabrikladi
  11. Haydovchilar va tashuvchilar uchun OSGOP sug‘urtasining afzalliklari...
  12. Pure Milky’dan navbatdagi kreativ: Har qadam — aziz insonlarga mehr bilan!
  13. Kredit olish imkoniyatini oshirish uchun qayerda ishlash kerak?
  14. Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
  15. Fanning rivojlanishiga barchamiz mas’ulmiz!
  16. XIV Toshkent xalqaro kinofestivali qanday o‘tkazilmoqda?