Toshkentda 312 ta xonadon gazsiz qoldi

27-avgust kuni Mirzo Ulug‘bek tumani “Sarbon” MFY hududida taʼmirlash ishlari sababli tabiiy gaz yetkazib berish soat 10:00 dan 18:00 gacha vaqtincha to‘xtatiladi, deb xabar berdi Kursiv.media.
Bu vaqt davomida 312 ta mahalliy xonadon va 6 ta ulgurji isteʼmolchi gazsiz qoladi. Taʼmirlash ishlari tugagach, tabiiy gaz taʼminoti tiklanadi.
“Hududgaz Poytaxt” GTF matbuot xizmati yuzaga keladigan noqulayliklar uchun uzr so‘raydi va aholidan sabrli bo‘lishni so‘radi.






























Izohlar 0
…