Toshkentda Yangi O‘zbekiston ko‘chasida zamonaviy tunnel yo‘li ochildi

1 daqiqa o'qish526
Toshkentda Yangi O‘zbekiston ko‘chasida zamonaviy tunnel yo‘li ochildi

Toshkent shahri infratuzilmasidagi yangi bosqich – zamonaviy yerosti avtomobil yo‘li foydalanishga topshirildi. Prezident Shavkat Mirziyoyev bugun, 29 avgust kuni Yangi O‘zbekiston ko‘chasida barpo etilgan yo‘lni shaxsan ko‘zdan kechirdi. Bu haqda davlat rahbari matbuot xizmati xabar berdi.

Shaharni rivojlantirish va transport oqimini yanada samarali qilish maqsadida barpo etilgan ushbu yo‘l, ayniqsa aholi soni tobora oshib borayotgan va hududlari kengayib borayotgan Toshkent uchun juda muhim ahamiyatga ega. Yaqin yillarda Yangi O‘zbekiston ko‘chasi atrofida istirohat bog‘i, uy-joy majmualari, universitetlar hamda Olimpiya shaharchasi qurilishi tufayli bu mintaqa e’tibor markaziga aylandi. Kelgusida esa ushbu ko‘cha Yangi Toshkent shahariga olib boruvchi asosiy yo‘llardan biriga aylanishi kutilmoqda.

Toshkentda Yangi O‘zbekiston ko‘chasida zamonaviy tunnel yo‘li ochildi

Barpo etilgan yerosti yo‘li 468 metr uzunlikda va 25 metr kenglikda bo‘lib, soatiga 10 mingdan ortiq avtomobil harakatlanishi mumkin. Yo‘l tunnel shaklida tashkil etilgan bo‘lib, uning usti yashil zonaga aylantirildi va “Yangi O‘zbekiston” bog‘i bilan Olimpiya shaharchasi orasida piyodalarning xavfsiz harakatlanishi uchun qulaylik yaratildi. Shuningdek, yo‘nalish bo‘yicha kelgusida loyihalashtirilgan metro yo‘li uchun ham tunnel va bekat qurilgani alohida qayd etildi.

Iqtisodiy jihatdan ham ushbu yo‘l aholiga katta manfaat keltiradi. Mashinalar harakati tezlashishi orqali vaqt sarfi 2 barobar qisqaradi, kundalik 1 tonna yonilg‘i tejaladi va atmosferaga chiqariladigan zararli gazlar miqdori 2 tonnaga kamayadi. Bu esa nafaqat shahar aholisi uchun qulaylik yaratadi, balki ekologik holatni ham yaxshilashda muhim ahamiyatga ega.

Davlat rahbari yerosti avtomobil yo‘li zamonaviy standartlar asosida barpo etilganiga alohida e’tibor qaratdi. Ushbu kabi ravon yo‘llar nafaqat har kuni harakatlanuvchilar uchun qulaylik yaratadi, balki shahar turizmi va infratuzilma rivojiga ham sezilarli hissa qo‘shadi. Bu esa Toshkentning kelajakdagi transport oqimi va shahar madaniyatini yangi bosqichga olib chiqishda muhim qadam hisoblanadi.

Maqola sizga yoqdimi?

Obuna bilan reklama bo'lmaydi

Zamin Premium — oyiga 4 900 so'm

Izohlar0

…

  1. Futbol akademiyalari uchun Skaut: to‘lov, davomat va ota-ona bilan aloqa endi bitta tizimda
  2. Toshkentdan Amerikaga: Nurmuxammad Ismoilov Akinda orqali halol investitsiyani global miqyosga olib chiqmoqda
  3. Avtoservisingizni raqamlashtiring: Bip Business bilan mijozlarni yo‘qotmang
  4. Mashina oynasiga raqam yozish xavflimi? Bip haydovchilar uchun yangi yechim topdi!
  5. 8 ta keng tarqalgan moliyaviy xato: nimalardan saqlanish kerak?
  6. Playmatch: maydon egalari ishini ancha yengillashtiradi
  7. Playmatch: futbol o‘ynash uchun kerakli barcha xizmatlar bitta ilovada
  8. Kundalik xarajatlar uchun kartani qanday tanlash mumkin?
  9. Eldor Shomurodov futbol akademiyasi va TBC Bank: bolalik orzularidan katta futbolgacha
  10. ANORBANK Boʻstonliqdagi 168-son maktab-internat tarbiyalanuvchilarini tabrikladi
  11. Haydovchilar va tashuvchilar uchun OSGOP sug‘urtasining afzalliklari...
  12. Pure Milky’dan navbatdagi kreativ: Har qadam — aziz insonlarga mehr bilan!
  13. Kredit olish imkoniyatini oshirish uchun qayerda ishlash kerak?
  14. Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
  15. Fanning rivojlanishiga barchamiz mas’ulmiz!
  16. XIV Toshkent xalqaro kinofestivali qanday o‘tkazilmoqda?