O‘zbekiston va Rossiya hamkorligi yuqori bosqichga chiqdi

1 daqiqa o'qish1.4K
O‘zbekiston va Rossiya hamkorligi yuqori bosqichga chiqdi

O‘zbekistonning Rossiyadagi elchisi Botirjon Asadov Moskvada o‘tkazilgan davra suhbatida ikki davlat o‘rtasidagi hamkorlik bugungi kunda misli ko‘rilmagan darajaga chiqqanini ta’kidladi. Bu haqda Kursiv.media xabar berdi.

Uning so‘zlariga ko‘ra, hamkorlikning asosi — davlatlar o‘rtasidagi doimiy ishonchli muloqot, parlament va hukumat darajasidagi uchrashuvlar, sanoatdagi qo‘shma loyihalar hamda madaniy-gumanitar aloqalardir.

Oxirgi sakkiz yilda ikki davlat o‘rtasidagi savdo hajmi uch barobar oshgan. Yaqin besh yilda bu ko‘rsatkichni 30 mlrd dollarga yetkazish rejalashtirilgan. Rossiya esa O‘zbekiston iqtisodiyotidagi eng yirik investorlardan biri sanaladi.

Shuningdek, rossiyalik sayyohlarning mamlakatimizga bo‘lgan qiziqishi ham ortib bormoqda. Joriy yilning 8 oyida turizm oqimi 12 foizga oshib, 550 mingga yaqin odam tashrif buyurdi. Tez orada Shavkat Mirziyoyev va Vladimir Putin Xitoyda uchrashib, hamkorlik masalalarini muhokama qiladi.

Maqola sizga yoqdimi?

Obuna bilan reklama bo'lmaydi

Zamin Premium — oyiga 4 900 so'm

Izohlar0

…

  1. Futbol akademiyalari uchun Skaut: to‘lov, davomat va ota-ona bilan aloqa endi bitta tizimda
  2. Toshkentdan Amerikaga: Nurmuxammad Ismoilov Akinda orqali halol investitsiyani global miqyosga olib chiqmoqda
  3. Avtoservisingizni raqamlashtiring: Bip Business bilan mijozlarni yo‘qotmang
  4. Mashina oynasiga raqam yozish xavflimi? Bip haydovchilar uchun yangi yechim topdi!
  5. 8 ta keng tarqalgan moliyaviy xato: nimalardan saqlanish kerak?
  6. Playmatch: maydon egalari ishini ancha yengillashtiradi
  7. Playmatch: futbol o‘ynash uchun kerakli barcha xizmatlar bitta ilovada
  8. Kundalik xarajatlar uchun kartani qanday tanlash mumkin?
  9. Eldor Shomurodov futbol akademiyasi va TBC Bank: bolalik orzularidan katta futbolgacha
  10. ANORBANK Boʻstonliqdagi 168-son maktab-internat tarbiyalanuvchilarini tabrikladi
  11. Haydovchilar va tashuvchilar uchun OSGOP sug‘urtasining afzalliklari...
  12. Pure Milky’dan navbatdagi kreativ: Har qadam — aziz insonlarga mehr bilan!
  13. Kredit olish imkoniyatini oshirish uchun qayerda ishlash kerak?
  14. Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
  15. Fanning rivojlanishiga barchamiz mas’ulmiz!
  16. XIV Toshkent xalqaro kinofestivali qanday o‘tkazilmoqda?