2025-yil 1 iyul holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda doimiy aholi soni 37,9 million nafarga yetdi.
Milliy statistika qo‘mitasi tarqatgan ma’lumotlarga ko‘ra, aholining 12,2 million nafari (32,2 foiz) mehnatga layoqatli yoshdan kichiklardan iborat. Shu bilan birga, 21,2 million kishi (56 foiz) ishlashga qobiliyatli yoshdagi insonlardir. Qolgan 4,5 million fuqaro (11,8 foiz) esa mehnatga layoqatli yoshdan kattalar qatoriga kiradi.
Muttaxassislarning ta’kidlashicha, mamlakatda mehnatga layoqatli aholi ulushining yuqoriligi O‘zbekiston uchun muhim "demografik bonus" hisoblanadi. Bu holat iqtisodiy o‘sish jarayonlarini jadallashtirish va yangi islohotlarni hayotga tatbiq etishda katta imkoniyatlar eshigini ochadi.
Shu ma’noda, demografik tarkibdan unumli foydalanish mamlakatning strategik rivojlanishida hal qiluvchi omil sifatida ko‘rilmoqda. Demak, yoshlar va ishchi kuchidan to‘g‘ri va samarali foydalanish O‘zbekiston iqtisodiyotining kelgusi istiqbollarida asosiy drayver bo‘lib xizmat qilishi mumkin.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!