Toshkentda arzon yarmarkalarda nazorat kuchaytirilishi boshlandi

1 daqiqa o'qish2.5K
Toshkentda arzon yarmarkalarda nazorat kuchaytirilishi boshlandi

Poytaxt bozorlarida tashkil etilgan arzonlashtirilgan yarmarkalarda narx-navoning haqiqatda shaffof va adolatli bo‘lishi bo‘yicha qo‘shimcha choralar ko‘rilmoqda. Bu haqida Toshkent shahar hokimligi matbuot xizmati ma’lum qildi.

Ma’lumotga ko‘ra, hokimlik va Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti tashabbusi bilan aholiga qulaylik yaratish, turli iste’mol mahsulotlarini arzon narxlarda taklif etish maqsadida maxsus savdo yarmarkalari yo‘lga qo‘yilgandi. Biroq so‘nggi kunlarda ijtimoiy tarmoqlarda ayrim rastalarda rasmiy belgilangan narxdan yuqoriroq baholarda savdo qilingani haqida shikoyatlar paydo bo‘ldi. Bu holat esa fuqarolarning noroziligiga sabab bo‘ldi.

Shu munosabat bilan mutasaddilar tomonidan narxlarni sun’iy ravishda oshirishning oldini olish va shaffoflikni ta’minlashga qaratilgan qo‘shimcha choralar ishga tushirildi. Xususan, arzonlashtirilgan mahsulotlar sotiladigan rastalarda kuzatuv kameralari o‘rnatish ishlari boshlandi.

Hokimlik ma’lumotiga ko‘ra, hozirgacha Mirobod dehqon bozori hamda “Eski Juva” (Chorsu) bozorida kuzatuv kameralari o‘rnatib bo‘lindi. Tez orada poytaxtning boshqa yirik bozorlarida ham shunday texnik nazorat tizimi yo‘lga qo‘yilishi rejalashtirilgan.

Mutasaddilar ta’kidlashicha, bu choralar orqali aholi haqiqiy arzonlashtirilgan mahsulotlardan bahramand bo‘lishi va savdo jarayonida adolat va shaffoflik ta’minlanishi ko‘zda tutilmoqda.

Maqola sizga yoqdimi?

Obuna bilan reklama bo'lmaydi

Zamin Premium — oyiga 4 900 so'm

Izohlar0

…

  1. Futbol akademiyalari uchun Skaut: to‘lov, davomat va ota-ona bilan aloqa endi bitta tizimda
  2. Toshkentdan Amerikaga: Nurmuxammad Ismoilov Akinda orqali halol investitsiyani global miqyosga olib chiqmoqda
  3. Avtoservisingizni raqamlashtiring: Bip Business bilan mijozlarni yo‘qotmang
  4. Mashina oynasiga raqam yozish xavflimi? Bip haydovchilar uchun yangi yechim topdi!
  5. 8 ta keng tarqalgan moliyaviy xato: nimalardan saqlanish kerak?
  6. Playmatch: maydon egalari ishini ancha yengillashtiradi
  7. Playmatch: futbol o‘ynash uchun kerakli barcha xizmatlar bitta ilovada
  8. Kundalik xarajatlar uchun kartani qanday tanlash mumkin?
  9. Eldor Shomurodov futbol akademiyasi va TBC Bank: bolalik orzularidan katta futbolgacha
  10. ANORBANK Boʻstonliqdagi 168-son maktab-internat tarbiyalanuvchilarini tabrikladi
  11. Haydovchilar va tashuvchilar uchun OSGOP sug‘urtasining afzalliklari...
  12. Pure Milky’dan navbatdagi kreativ: Har qadam — aziz insonlarga mehr bilan!
  13. Kredit olish imkoniyatini oshirish uchun qayerda ishlash kerak?
  14. Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
  15. Fanning rivojlanishiga barchamiz mas’ulmiz!
  16. XIV Toshkent xalqaro kinofestivali qanday o‘tkazilmoqda?