date

Toyota savdolari dunyoda pasaymoqda, Rossiyada esa 70 foizga oʻsdi

Toyota savdolari dunyoda pasaymoqda, Rossiyada esa 70 foizga oʻsdi

GlobalData Automotive maʼlumotlariga koʻra, aprel oyida Toyota avtomobillarining jahon boʻylab savdosi oʻtgan yilning shu davriga nisbatan 3,1 foizga qisqarib, 849 306 donani tashkil etdi. Ushbu pasayish asosiy bozorlardagi turlicha dinamika fonida qayd etildi: Yaponiyaning oʻzida savdo hajmi 24,2 foizga oshgan boʻlsa, xorijiy yetkazib berishlar 7,5 foizga kamaydi. Bu haqda Ixbt.com xabar beradi.

Eng sezilarli pasayish Xitoy bozorida kuzatildi — u yerda savdo 25,4 foizga tushib, 106,5 mingta avtomobilni tashkil qildi. Shuningdek, Yaqin Sharqda ham talab 33,7 foizga kamaygan. AQSH bozorida esa koʻrsatkichlar 4,6 foizga pasayib, 222 378 dona mashina sotilgan. Kompaniya ushbu pasayishni tarif siyosatidagi oʻzgarishlar va yangi avlod Toyota RAV4 modeliga oʻtish jarayoni bilan izohlamoqda.

Global pasayish fonida Rossiya bozori teskari dinamikani namoyish etdi. “Avtostat” maʼlumotlariga koʻra, aprel oyida mamlakatda 2 789 ta yangi Toyota avtomobili roʻyxatga olingan boʻlib, bu oʻtgan yilga nisbatan 70 foizga koʻpdir. Bunday keskin oʻsish oʻtgan yilgi past koʻrsatkichlar va muqobil import hajmining ortishi bilan bogʻliq.

Hozirgi vaqtda Rossiya bozoriga kirib kelayotgan Toyota avtomobillarining asosiy qismi Xitoy orqali yetkazib berilmoqda. Garchi brend rasman ushbu bozorni tark etgan boʻlsa-da, xususiy dilerlar va parallel import kanallari orqali yetkazib berish zanjiri faol ishlashda davom etmoqda.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Avto » Toyota savdolari dunyoda pasaymoqda, Rossiyada esa 70 foizga oʻsdi