To‘liq Oy tutilishi: bugun O‘zbekiston aholisi noyob manzaraga guvoh bo‘ladi

1 daqiqa o'qish12.5K
To‘liq Oy tutilishi: bugun O‘zbekiston aholisi noyob manzaraga guvoh bo‘ladi

Oʻzbekiston osmoni bugun, 7 sentyabr kuni, noyob va hayratlanarli astronomik hodisaga — toʻliq Oy tutilishiga guvohlik beradi. Oʻzbekiston Fanlar akademiyasi maʼlumotlariga koʻra, ushbu tabiiy manzara mamlakatimizning barcha hududlaridan kuzatilishi mumkin.

Akademiya qayd etishicha, tutilish paytida Oy yuzasi butunlay Yer soyasi ichida qoladi. Oyning toʻliq fazali tutilishi 1 soat 22 daqiqa davom etadi, butun jarayon esa 5 soatdan ortiq vaqtni oʻz ichiga oladi.

Bu noyob hodisani nafaqat Oʻzbekiston, balki Yevroosiyo va Afrikadagi bir qator davlatlar aholisi ham koʻrishi mumkin boʻladi. Jumladan, Qozogʻiston, Qirgʻiziston, Tojikiston, Turkmaniston, Afgʻoniston, Eron, Arab davlatlari, shuningdek, Pokiston, Hindiston, Xitoy, Janubiy va Shimoliy Koreya, Malayziya, Vyetnam, Laos va yana koʻplab mamlakatlarda toʻliq fazali tutilish kuzatilishi mumkin.

Rossiyaning markaziy hududlari, Turkiya, Ozarbayjon, Saudiya Arabistoni hamda Yaponiya va Avstraliyaning ayrim qismida ham Oyning toʻliq soya ostida qolishiga guvoh boʻlish imkoni bor. Yevropa, Filippin, Gavayi, Fidji va Yangi Zelandiya esa qisman tutilishni kuzatadi.

Oʻzbekistonda esa aniq vaqtlar belgilangan:

  • qisman Oy tutilishi Toshkent vaqti bilan 21:27 da boshlanadi;

  • toʻliq faza 22:30 da kirib keladi;

  • 23:11 da eng yuqori nuqtaga yetadi;

  • 23:52 da toʻliq faza yakunlanadi;

  • 8 sentyabr soat 00:56 da qisman faza ham tugaydi.

Mutaxassislar aytishicha, tutilish davrida Oyning ufqdan balandligi 27 darajani tashkil etadi, maksimal paytda esa 39 darajagacha koʻtariladi.

Eng muhimi, bu hodisani kuzatish uchun teleskop yoki maxsus uskunalar shart emas — oddiy koʻz bilan ham tomosha qilish mumkin. Olimlar taʼkidlashicha, Oy tutilishi bevosita koʻz bilan kuzatish uchun mutlaqo xavfsiz hisoblanadi.

Astronomiya ixlosmandlari va oddiy aholi uchun bu kecha tabiatning noyob siymosini koʻrish va esda qolarli xotira hosil qilish uchun ajoyib imkoniyatdir.


Maqola sizga yoqdimi?

Obuna bilan reklama bo'lmaydi

Zamin Premium — oyiga 4 900 so'm

Izohlar0

…

  1. Futbol akademiyalari uchun Skaut: to‘lov, davomat va ota-ona bilan aloqa endi bitta tizimda
  2. Toshkentdan Amerikaga: Nurmuxammad Ismoilov Akinda orqali halol investitsiyani global miqyosga olib chiqmoqda
  3. Avtoservisingizni raqamlashtiring: Bip Business bilan mijozlarni yo‘qotmang
  4. Mashina oynasiga raqam yozish xavflimi? Bip haydovchilar uchun yangi yechim topdi!
  5. 8 ta keng tarqalgan moliyaviy xato: nimalardan saqlanish kerak?
  6. Playmatch: maydon egalari ishini ancha yengillashtiradi
  7. Playmatch: futbol o‘ynash uchun kerakli barcha xizmatlar bitta ilovada
  8. Kundalik xarajatlar uchun kartani qanday tanlash mumkin?
  9. Eldor Shomurodov futbol akademiyasi va TBC Bank: bolalik orzularidan katta futbolgacha
  10. ANORBANK Boʻstonliqdagi 168-son maktab-internat tarbiyalanuvchilarini tabrikladi
  11. Haydovchilar va tashuvchilar uchun OSGOP sug‘urtasining afzalliklari...
  12. Pure Milky’dan navbatdagi kreativ: Har qadam — aziz insonlarga mehr bilan!
  13. Kredit olish imkoniyatini oshirish uchun qayerda ishlash kerak?
  14. Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
  15. Fanning rivojlanishiga barchamiz mas’ulmiz!
  16. XIV Toshkent xalqaro kinofestivali qanday o‘tkazilmoqda?