To‘qayevning O‘zbekistonga tashrifi yil yakuniga belgilandi

1 daqiqa o'qish346
To‘qayevning O‘zbekistonga tashrifi yil yakuniga belgilandi

Qozog‘iston Prezidenti Qosim-Jomart To‘qayev yilning oxirgi oylarida qator muhim davlatlarga amaliy tashrif uyushtirishini ma’lum qildi. Prezidentning so‘zlariga ko‘ra, safar yo‘nalishlaridan biri sifatida O‘zbekiston ham ko‘zda tutilgan. Bu haqda u 8 sentyabr kuni xalqqa yo‘llagan murojatida e’lon qildi.

To‘qayev o‘z nutqida bu yil Nyu-Yorkda bo‘lib o‘tadigan BMT Bosh Assambleyasining yubiley yig‘ilishida qatnashishini va u yerda Qozog‘istonning xalqaro munosabatlarga oid pozitsiyasini bayon qilishini qayd etdi. Uning ta’kidlashicha, global masalalarda BMTning roli va ta’siri hanuz muhim bo‘lib qolmoqda.

“Yilning oxirida men Rossiya va O‘zbekistonga safar qilaman. Shuningdek, Ostonada Ozarbayjon, Armaniston va Turkmaniston rahbarlarini qabul qilishga tayyorgarlik ko‘ryapmiz. Shu bilan birga, Osiyo va Yevropaning bir qator davlatlari bilan uchrashuvlar ham rejalashtirilgan”, — dedi To‘qayev.

Davlat rahbari, shuningdek, Qozog‘iston va AQSH muloqoti tobora faollashayotgani, Yevropa Ittifoqi bilan hamkorlik keng qamrovli yo‘nalishlarda kuchayib borayotganini alohida ta’kidladi.

Prezident o‘z chiqishida BMTning 80 yilligini eslab, uni “Ikkinchi jahon urushi yakunlarining asosiy institutsional ifodasi” sifatida baholadi. Shu munosabat bilan u tashkilotni isloh qilish masalasi kechiktirib bo‘lmas dolzarb vazifaga aylanganini urg‘uladi.

“Yaqin kunlarda Nyu-Yorkda bo‘lib o‘tadigan yubiley sessiyasida nutq so‘zlashni rejalashtiryapman. Unda Qozog‘istonning xalqaro vaziyat bo‘yicha qarashlari, shu jumladan BMTni isloh qilishga oid takliflarimni taqdim etaman”, — deya qo‘shimcha qildi To‘qayev.

Mutaxassislar fikricha, To‘qayevning safarlari mintaqadagi siyosiy hamkorlik va xalqaro muloqotning yanada faollashishiga turtki bo‘lishi mumkin.

Maqola sizga yoqdimi?

Obuna bilan reklama bo'lmaydi

Zamin Premium — oyiga 4 900 so'm

Izohlar0

…

  1. Futbol akademiyalari uchun Skaut: to‘lov, davomat va ota-ona bilan aloqa endi bitta tizimda
  2. Toshkentdan Amerikaga: Nurmuxammad Ismoilov Akinda orqali halol investitsiyani global miqyosga olib chiqmoqda
  3. Avtoservisingizni raqamlashtiring: Bip Business bilan mijozlarni yo‘qotmang
  4. Mashina oynasiga raqam yozish xavflimi? Bip haydovchilar uchun yangi yechim topdi!
  5. 8 ta keng tarqalgan moliyaviy xato: nimalardan saqlanish kerak?
  6. Playmatch: maydon egalari ishini ancha yengillashtiradi
  7. Playmatch: futbol o‘ynash uchun kerakli barcha xizmatlar bitta ilovada
  8. Kundalik xarajatlar uchun kartani qanday tanlash mumkin?
  9. Eldor Shomurodov futbol akademiyasi va TBC Bank: bolalik orzularidan katta futbolgacha
  10. ANORBANK Boʻstonliqdagi 168-son maktab-internat tarbiyalanuvchilarini tabrikladi
  11. Haydovchilar va tashuvchilar uchun OSGOP sug‘urtasining afzalliklari...
  12. Pure Milky’dan navbatdagi kreativ: Har qadam — aziz insonlarga mehr bilan!
  13. Kredit olish imkoniyatini oshirish uchun qayerda ishlash kerak?
  14. Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
  15. Fanning rivojlanishiga barchamiz mas’ulmiz!
  16. XIV Toshkent xalqaro kinofestivali qanday o‘tkazilmoqda?