O‘zbekistonda fuqarolarga ish tashlash huquqi qonuniy tarzda beriladi

1 daqiqa o'qish266
O‘zbekistonda fuqarolarga ish tashlash huquqi qonuniy tarzda beriladi

O‘zbekistonda ilk bor ishchilarning ish tashlash huquqi qonun yo‘li bilan kafolatlanmoqda. 9 sentyabr kuni Oliy Majlis Qonunchilik palatasida muhokama qilingan Senat taklifiga ko‘ra, mehnat sohasidagi milliy qonunchilik xalqaro standartlarga yaqinlashtiriladi, deb xabar berdi kursiv.media.

Qonun loyihasi asosiy maqsadi – Xalqaro mehnat tashkilotining “Birlashmalar erkinligi va birlashish huquqini himoya qilish to‘g‘risida”gi 87-sonli hamda “Jamoa muzokaralarini olib borish va birlashish huquqi to‘g‘risida”gi 98-sonli konvensiyalari talablariga to‘liq moslashish. Shu bilan birga, bu qadam Iqtisodiy, ijtimoiy va madaniy huquqlar to‘g‘risidagi xalqaro paktda belgilangan me’yorlarni ham amaliyotga tatbiq etadi.

Ish tashlash huquqi nima uchun muhim?

Ish tashlash huquqi – bu alohida shaxsga emas, balki jamoaga beriladigan huquq hisoblanadi. Uning mohiyati shundaki, agar tashkilot yoki korxonada ish beruvchi bilan xodimlar o‘rtasida kelishmovchilik yuzaga kelsa, xodimlar o‘z talablarini ifoda etish uchun ish jarayonini vaqtincha to‘xtatishi mumkin.

Bu huquq demokratik boshqaruv, tenglik va ijtimoiy adolat prinsiplarini amalda mustahkamlashga xizmat qiladi. Mehnat nizolarini hal etishning eng ta’sirli vositalaridan biri sifatida ish tashlash jahon amaliyotida allaqachon keng qo‘llanilmoqda.

Qonun loyihasining asosiy yo‘nalishlari

Loyiha 9 ta moddadan iborat bo‘lib, u orqali 2 ta qonun va 4 ta kodeksga o‘zgartirishlar kiritiladi. E’tiborli jihati – Mehnat kodeksida ish tashlashning aniq ta’rifi ilk bor kiritilmoqda.

Shuningdek, loyihada quyidagilar nazarda tutilgan:

ish tashlashni boshlash tartib-taomillari;

xodimlarga ish tashlash paytida beriladigan kafolatlar;

ish tashlashni kechiktirish, vaqtincha to‘xtatish va qayta tiklash mexanizmlari;

ish tashlashga oid cheklovlarni aniq belgilash.

Bu orqali milliy qonunchilikdagi bo‘shliqlar yopilib, ishchilarning huquqlari xalqaro andozalarga to‘liq mos kelishi ta’minlanadi.

Konstitutsiya va qonunchilik tashabbusi

Yangi tahrirdagi Konstitutsiyaning 98-moddasiga muvofiq, yuz mingdan ortiq saylov huquqiga ega bo‘lgan fuqarolar, Senat, ombudsman va Markaziy saylov komissiyasi qonunchilik tashabbusi huquqiga ega. Bu normalar asosida avval ombudsman, keyin esa Senat tomonidan qonunchilik takliflari kiritildi.

Bu jarayon mamlakatda demokratik islohotlar amalda qay darajada ishlayapganini ko‘rsatadi.

Maqola sizga yoqdimi?

Obuna bilan reklama bo'lmaydi

Zamin Premium — oyiga 4 900 so'm

Izohlar0

…

  1. Futbol akademiyalari uchun Skaut: to‘lov, davomat va ota-ona bilan aloqa endi bitta tizimda
  2. Toshkentdan Amerikaga: Nurmuxammad Ismoilov Akinda orqali halol investitsiyani global miqyosga olib chiqmoqda
  3. Avtoservisingizni raqamlashtiring: Bip Business bilan mijozlarni yo‘qotmang
  4. Mashina oynasiga raqam yozish xavflimi? Bip haydovchilar uchun yangi yechim topdi!
  5. 8 ta keng tarqalgan moliyaviy xato: nimalardan saqlanish kerak?
  6. Playmatch: maydon egalari ishini ancha yengillashtiradi
  7. Playmatch: futbol o‘ynash uchun kerakli barcha xizmatlar bitta ilovada
  8. Kundalik xarajatlar uchun kartani qanday tanlash mumkin?
  9. Eldor Shomurodov futbol akademiyasi va TBC Bank: bolalik orzularidan katta futbolgacha
  10. ANORBANK Boʻstonliqdagi 168-son maktab-internat tarbiyalanuvchilarini tabrikladi
  11. Haydovchilar va tashuvchilar uchun OSGOP sug‘urtasining afzalliklari...
  12. Pure Milky’dan navbatdagi kreativ: Har qadam — aziz insonlarga mehr bilan!
  13. Kredit olish imkoniyatini oshirish uchun qayerda ishlash kerak?
  14. Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
  15. Fanning rivojlanishiga barchamiz mas’ulmiz!
  16. XIV Toshkent xalqaro kinofestivali qanday o‘tkazilmoqda?