
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Rossiya Federasiyasi Prezidenti Vladimir Putinga Rossiyaning Turkiyadagi Elchisi Andrey Karlovning shafqatsiz suiqasd natijasida halok bo‘lgani munosabati bilan samimiy hamdardlik bildirdi. Bu haqda Kun.uz sayti xabar berdi.
«Biz har qanday shakl va ko‘rinishdagi terrorizm va ekstremizm harakatlarini qattiq qoralaymiz. Mazkur fojia hozirgi zamonning shunday noinsoniy tahdidlariga qarshi kurashish uchun xalqaro hamjamiyatning barcha kuchlarini birlashtirish zarurligini yana bir bor ko‘rsatdi. Ushbu qayg‘uli kunlarda O‘zbekiston Rossiya xalqi bilan har tomonlama birdamligini bildiradi», deya qayd etilgan O‘zbekiston rahbari maktubida.
Davlat rahbari Rossiya diplomatining oila a’zolariga va yaqinlariga chuqur hamdardlik va dalda so‘zlarini etkazib qo‘yishni so‘radi. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar