XXI asrda internet nafaqat kattalar, balki bolalar hayotining ham ajralmas qismiga aylandi, deb Uz24.uz xabar berdi.
“Yuksalish” harakati tomonidan o‘tkazilgan so‘rovnoma natijalariga ko‘ra, ko‘pchilik bolalar internetda haddan tashqari ko‘p vaqt o‘tkazmaydi. Bolalarning 36 foizi kuniga 1 soatgacha, 31 foizi 1–3 soat, 11 foizi 4–6 soat, 7 foizi esa 6 soatdan ortiq vaqt sarflaydi.
Internetdan foydalanishning asosiy sababi ta’lim olish bo‘lib, bolalarning 64 foizi o‘qish uchun internetga kiradi. Shuningdek, videolar tomosha qilish (16%), o‘yinlar (12%) va ijtimoiy tarmoqlar (12,5%) ham ko‘p qayd etilgan. 10 foiz ota-ona bola xalaqit bermasligi uchun telefon berishini tan olgan.
Internet bilan bog‘liq muammolar sifatida ota-onalar asosan vaqtni bekorga o‘tkazish (35%), sog‘liqqa ta’sir va uyqu buzilishi (30%) hamda internetga qaramlik va nomaqbul mazmunlar (14% dan)ni ko‘rsatgan. Biroq, so‘rovda qatnashganlarning 25 foizi farzandida hech qanday muammo kuzatmaganini aytgan.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Mavzuga oid yangiliklar