
O‘zbekistonda mobil aloqa operatorlari internetga vositachilarsiz to‘g‘ridan-to‘g‘ri ulanishi mumkin bo‘ladi, deb Kursiv.media xabar berdi. Bu imkoniyat hukumat qarori bilan tasdiqlandi.
Operatorlarga 2030-yil 1-yanvargacha tajriba tariqasida xalqaro internet tarmoqlariga bevosita ulanishga ruxsat berildi. Bu huquq tijorat faoliyati va foydalanuvchilarga xizmat ko‘rsatish maqsadida qo‘llaniladi.
Raqamli texnologiyalar vazirligi ushbu qaror telekom bozoriga investitsiyalarni rag‘batlantirish, axborot xavfsizligini ta’minlash va O‘zbekiston qonunchiligini JST talablariga moslashtirish uchun qabul qilinganini ta’kidladi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!Ctrl
 Enter
 Xato topdIngizmi? 
 Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing