Hokim o‘rinbosarlar soni qisqartirilishi kutilmoqda

1 daqiqa o'qish565
Hokim o‘rinbosarlar soni qisqartirilishi kutilmoqda

O‘zbekistonda mahalliy davlat boshqaruv tizimini samarali tashkil etish, ortiqcha tuzilmalarni qisqartirish va faoliyatni shaffof qilish maqsadida yangi tartib joriy etilishi kutilmoqda. Prezident Farmoni loyihasi ishlab chiqilib, jamoatchilik muhokamasiga taqdim etildi. Bu haqda O‘zA axborot agentligi ma’lumot berdi.

Loyihaga ko‘ra, 2026 yil yakuniga qadar mamlakat bo‘ylab 32 ta tuman va shaharda hokimliklar faoliyatining yangi tizimi joriy etiladi. Yangicha yondashuv asosida qator vazirlik va idoralarning hududiy bo‘linmalari hokimlik tarkibiga kiritilishi belgilangan.

Xususan, quyidagi tuzilmalar tuman va shahar hokimliklari tarkibiga o‘tkaziladi:

• Iqtisodiyot va moliya vazirligi
• Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi
• Qishloq xo‘jaligi vazirligi
• Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligi
• Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirligi
• Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi
• Madaniyat vazirligi
• Oila va xotin-qizlar qo‘mitasi
• Yoshlar ishlari agentligi

Shu bilan birga, hokimliklardagi lavozimlar soni ham qisqartirilishi rejalashtirilmoqda. Hozirgi kunda har bir tuman va shahar hokimi 6 nafar o‘rinbosarga ega bo‘lsa, yangi tartibga ko‘ra, ularning soni 4 nafar etib belgilanadi. Bu orqali bir tomondan mas’uliyat va hisobdorlik kuchayishi, ikkinchi tomondan ortiqcha byurokratiyaning oldi olinishi ko‘zda tutilmoqda.

Mutaxassislar ta’kidlashicha, mahalliy hokimliklardagi tuzilmalarni isloh qilish aholining davlat organlari bilan munosabatini soddalashtirib, qaror qabul qilish jarayonlarini tezlashtiradi. Shu bilan birga, bu qadam korrupsiya xavfini kamaytirishga ham xizmat qiladi.

Hujjatning yakuniy tasdig‘i va amalga oshirilishi orqali hokimliklar faoliyati sifat jihatdan yangi bosqichga ko‘tarilishi kutilmoqda.

Maqola sizga yoqdimi?

Obuna bilan reklama bo'lmaydi

Zamin Premium — oyiga 4 900 so'm

Izohlar0

…

  1. Futbol akademiyalari uchun Skaut: to‘lov, davomat va ota-ona bilan aloqa endi bitta tizimda
  2. Toshkentdan Amerikaga: Nurmuxammad Ismoilov Akinda orqali halol investitsiyani global miqyosga olib chiqmoqda
  3. Avtoservisingizni raqamlashtiring: Bip Business bilan mijozlarni yo‘qotmang
  4. Mashina oynasiga raqam yozish xavflimi? Bip haydovchilar uchun yangi yechim topdi!
  5. 8 ta keng tarqalgan moliyaviy xato: nimalardan saqlanish kerak?
  6. Playmatch: maydon egalari ishini ancha yengillashtiradi
  7. Playmatch: futbol o‘ynash uchun kerakli barcha xizmatlar bitta ilovada
  8. Kundalik xarajatlar uchun kartani qanday tanlash mumkin?
  9. Eldor Shomurodov futbol akademiyasi va TBC Bank: bolalik orzularidan katta futbolgacha
  10. ANORBANK Boʻstonliqdagi 168-son maktab-internat tarbiyalanuvchilarini tabrikladi
  11. Haydovchilar va tashuvchilar uchun OSGOP sug‘urtasining afzalliklari...
  12. Pure Milky’dan navbatdagi kreativ: Har qadam — aziz insonlarga mehr bilan!
  13. Kredit olish imkoniyatini oshirish uchun qayerda ishlash kerak?
  14. Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
  15. Fanning rivojlanishiga barchamiz mas’ulmiz!
  16. XIV Toshkent xalqaro kinofestivali qanday o‘tkazilmoqda?