O‘zbekistonda muddati o‘tgan mahsulot sotganlik uchun jarimalar uch baravar oshiriladi

1 daqiqa o'qish333
O‘zbekistonda muddati o‘tgan mahsulot sotganlik uchun jarimalar uch baravar oshiriladi

Prezident Shavkat Mirziyoyev qaroriga ko‘ra, muddati o‘tgan oziq-ovqat mahsulotlarini sotganlik uchun jarimalar uch baravar oshiriladi, deb Kursiv Uzbekistan xabar berdi.

Bu choralar ishlab chiqarilgan sana yoki saqlash muddati ko‘rsatilmagan mahsulotlarga ham tatbiq etiladi. Raqobat qo‘mitasiga ikki oy ichida tegishli qonun loyihasini hukumatga taqdim etish topshirilgan.

Hozirda jismoniy shaxslar uchun jarima 3–10 BHM yoki 1,2 mln – 4,2 mln so‘m,

yuridik shaxslar uchun esa 7–10 BHM (2,8 mln – 4,2 mln so‘m)ni tashkil etadi.

Yangi o‘zgarishlar kuchga kirgach, jarimaning eng yuqori miqdori 12,3 mln so‘mdan oshadi.

Shuningdek, 2026-yil mart oyidan boshlab muddati o‘tgan mahsulotlarni sotish butunlay taqiqlanadi.

Bunday mahsulotlar raqamli markirovka tizimi orqali nazorat qilinadi va agar ularning muddati tugagan bo‘lsa, sotuv avtomatik tarzda bloklanadi.

Ma’lumot uchun, hozirda O‘zbekistonda raqamli markirovka tizimi 115,1 ming turdagi mahsulotni qamrab olgan.

Maqola sizga yoqdimi?

Obuna bilan reklama bo'lmaydi

Zamin Premium — oyiga 4 900 so'm

Izohlar0

…

  1. Futbol akademiyalari uchun Skaut: to‘lov, davomat va ota-ona bilan aloqa endi bitta tizimda
  2. Toshkentdan Amerikaga: Nurmuxammad Ismoilov Akinda orqali halol investitsiyani global miqyosga olib chiqmoqda
  3. Avtoservisingizni raqamlashtiring: Bip Business bilan mijozlarni yo‘qotmang
  4. Mashina oynasiga raqam yozish xavflimi? Bip haydovchilar uchun yangi yechim topdi!
  5. 8 ta keng tarqalgan moliyaviy xato: nimalardan saqlanish kerak?
  6. Playmatch: maydon egalari ishini ancha yengillashtiradi
  7. Playmatch: futbol o‘ynash uchun kerakli barcha xizmatlar bitta ilovada
  8. Kundalik xarajatlar uchun kartani qanday tanlash mumkin?
  9. Eldor Shomurodov futbol akademiyasi va TBC Bank: bolalik orzularidan katta futbolgacha
  10. ANORBANK Boʻstonliqdagi 168-son maktab-internat tarbiyalanuvchilarini tabrikladi
  11. Haydovchilar va tashuvchilar uchun OSGOP sug‘urtasining afzalliklari...
  12. Pure Milky’dan navbatdagi kreativ: Har qadam — aziz insonlarga mehr bilan!
  13. Kredit olish imkoniyatini oshirish uchun qayerda ishlash kerak?
  14. Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
  15. Fanning rivojlanishiga barchamiz mas’ulmiz!
  16. XIV Toshkent xalqaro kinofestivali qanday o‘tkazilmoqda?