18:04 / 26.12.2016
11 741

O‘zbekiston va Qozog‘iston chegarasida katta o‘zgarishlar

O‘zbekiston va Qozog‘iston chegarasida katta o‘zgarishlar

Toshkentda bo‘lib o‘tgan matbuot anjumanida Qozog‘iston elchisi Erik Utembaev tomonlar bugungi kunda Olma-Ota va Termizni bog‘laydigan xalqaro ahamiyatga ega M-39 trassasidagi o‘tkazish punktlariga alohida e’tibor qaratishayotganini ma’lum qildi.

Bu yo‘l Qozog‘istonning Olma-Ota, Jambul va Janubiy Qozog‘iston, Qirg‘izistonning Chuy, O‘zbekistonning Toshkent va boshqa viloyatlari hududlari orqali o‘tadi.

«Qozog‘iston va O‘zbekiston davlat organlari hozirda M-39 trassasida joylashgan «Sirdaryo» va «Selinniy» o‘tkazish punktlaridan chegaradan o‘tish tartibini soddalashtirish ustida ish olib bormoqdalar. Tomonlar shuningdek, «Toshkent-Qazigurt», «Guliston-Atameken» va «Zangiota-Qoplonbek» o‘tkazish punktlari maqomini o‘zgartirishga tayyorlanmoqdalar», — dedi elchi.

Tomonlar ilgariroq chegara borasida yana bir tashabbus – turistlarning Qozog‘iston va O‘zbekistonning dam olish zonalariga hech qanday to‘siqlarsiz borishlari uchun maxsus «yashil yo‘lak»lar tashkil qilinishi haqida ma’lum qilishgandi.

Qozog‘iston tomoni dastlabki tajriba sifatida o‘zbekistonliklar orasida ommabop bo‘lgan Sariagash kurorti taklif qilingandi.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » O‘zbekiston » O‘zbekiston va Qozog‘iston chegarasida katta o‘zgarishlar