Sentyabrda go‘sht narxi rekord darajaga chiqdi — BMT ma’lumoti.

1 daqiqa o'qish986
Sentyabrda go‘sht narxi rekord darajaga chiqdi — BMT ma’lumoti.

BMTning Oziq-ovqat va qishloq xo‘jaligi tashkiloti (FAO) sentyabr oyi uchun e’lon qilgan hisobotida jahon bozorida go‘sht narxi so‘nggi yillardagi eng yuqori cho‘qqiga yetgani qayd etildi, deb xabar berdi fco.org.

Ma’lumotlarga ko‘ra, sentyabr oyida umumiy oziq-ovqat tovarlari narxi biroz pasaygan bo‘lsa-da, go‘sht narxi aksincha, o‘sishda davom etgan. Bu holat qoramol va qo‘y go‘shti narxining keskin ko‘tarilishi bilan izohlanmoqda. BMT ma’lumotiga ko‘ra, avgustga nisbatan go‘sht 0,7 foizga qimmatlashgan, bu esa o‘tgan yilning shu davriga qaraganda 6,6 foiz yuqori ko‘rsatkichdir.

Tahlilchilar ta’kidlashicha, AQShda ichki ta’minot cheklangani va import uchun qulay sharoit mavjudligi narxlarning o‘sishiga asosiy omil bo‘lgan. Shu bilan birga, cho‘chqa va parranda go‘shti narxlari deyarli o‘zgarmagan, ammo chorvachilik mahsulotlariga bo‘lgan talab keskin oshgan.

Sentyabrda go‘sht narxi rekord darajaga chiqdi — BMT ma’lumoti.

FAO hisobotiga ko‘ra, don narxi ham avgustga nisbatan 0,6 foizga pasaygan. Buning sababi — xalqaro bug‘doy bozorida talabning pasayishi va dunyoda mo‘l hosil yetishtirilishi bo‘ldi. Makkajo‘xori va guruch narxlari ham ayrim mamlakatlar, xususan, Filippin va Afrikadagi xaridlar qisqargani sabab arzonlashgan.

Yog‘ mahsulotlari bozorida ham pastga yo‘nalish kuzatildi. Malayziyadagi yuqori palma moyi zahiralari va Argentinadan soya moyi eksporti hajmining oshishi tufayli o‘simlik moylari 0,7 foizga arzonlashgan. Biroq kungaboqar va raps moylari narxlari biroz oshgani qayd etilgan.

Sut mahsulotlari esa aksincha, 2,6 foizga arzonlashgan. Bu holat Shimoliy yarimsharda yoz faslining tugashi bilan muzqaymoqqa bo‘lgan talabning kamayishi va Okeaniyada ishlab chiqarish hajmining ortishi bilan bog‘liq. Masalan, sariyog‘ narxi 7 foizga, quritilgan sut narxi esa asosiy importyorlar talabining pasayishi tufayli ancha tushgan.

Shakar narxi ham sezilarli darajada pasaygan — avgustga nisbatan 4,1 foizga. Bunga Braziliyada ishlab chiqarishning ko‘payishi, Hindiston va Tailanddagi qulay ob-havo hamda qand yetishtirish maydonlarining kengayishi ta’sir ko‘rsatgan. Bu holat natijasida shakar narxi 2021 yil mart oyidan beri kuzatilgan eng past ko‘rsatkichga tushdi.

Mutaxassislar fikricha, kelasi oyda don mahsulotlari ishlab chiqarish, iste’mol va zaxira hajmi oshishi kutilmoqda.

Maqola sizga yoqdimi?

Obuna bilan reklama bo'lmaydi

Zamin Premium — oyiga 4 900 so'm

Izohlar0

…

  1. Futbol akademiyalari uchun Skaut: to‘lov, davomat va ota-ona bilan aloqa endi bitta tizimda
  2. Toshkentdan Amerikaga: Nurmuxammad Ismoilov Akinda orqali halol investitsiyani global miqyosga olib chiqmoqda
  3. Avtoservisingizni raqamlashtiring: Bip Business bilan mijozlarni yo‘qotmang
  4. Mashina oynasiga raqam yozish xavflimi? Bip haydovchilar uchun yangi yechim topdi!
  5. 8 ta keng tarqalgan moliyaviy xato: nimalardan saqlanish kerak?
  6. Playmatch: maydon egalari ishini ancha yengillashtiradi
  7. Playmatch: futbol o‘ynash uchun kerakli barcha xizmatlar bitta ilovada
  8. Kundalik xarajatlar uchun kartani qanday tanlash mumkin?
  9. Eldor Shomurodov futbol akademiyasi va TBC Bank: bolalik orzularidan katta futbolgacha
  10. ANORBANK Boʻstonliqdagi 168-son maktab-internat tarbiyalanuvchilarini tabrikladi
  11. Haydovchilar va tashuvchilar uchun OSGOP sug‘urtasining afzalliklari...
  12. Pure Milky’dan navbatdagi kreativ: Har qadam — aziz insonlarga mehr bilan!
  13. Kredit olish imkoniyatini oshirish uchun qayerda ishlash kerak?
  14. Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
  15. Fanning rivojlanishiga barchamiz mas’ulmiz!
  16. XIV Toshkent xalqaro kinofestivali qanday o‘tkazilmoqda?