21 oktyabr ob-havosi: quyoshli osmon va sharq shamoli

1 daqiqa o'qish124
21 oktyabr ob-havosi: quyoshli osmon va sharq shamoli

O‘zgidromet ma’lumotiga ko‘ra, 21 oktyabr kuni mamlakat bo‘ylab iliq va quyoshli ob-havo saqlanib turadi.

Poytaxt Toshkentda osmon biroz bulutli bo‘ladi, yomg‘ir ehtimoli yo‘q. Sharqdan yengil shamol esadi, harorat kechasi 9–11 daraja, kunduzi 23–25 daraja atrofida bo‘ladi.

Qoraqalpog‘iston va Xorazmda havo tinch, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Harorat kechasi 2–7 daraja, kunduzi 18–23 daraja bo‘ladi.

Buxoro va Navoiyda quyoshli kun hukm suradi — harorat 23–28 darajagacha ko‘tariladi. Toshkent, Sirdaryo, Jizzax va Samarqand viloyatlarida ham shunga o‘xshash iliq ob-havo kutilmoqda.

Qashqadaryo va Surxondaryoda havo yanada issiq — kunduzgi harorat 25–30 darajaga yetishi mumkin.

Farg‘ona vodiysidagi viloyatlarda ham yomg‘ir kutilmaydi, harorat 21–26 daraja atrofida bo‘ladi.

Tog‘li hududlarda ob-havo nisbatan salqin bo‘lib, harorat kunduzi 18–23 daraja, kechasi esa 4–9 daraja bo‘lishi aytilmoqda.

Meteorologlar kuzning iliq kunlaridan foydalanib, dam olishni tavsiya etmoqda — hafta yakuni quyoshli va yomg‘irsiz kechishi kutilmoqda.

Maqola sizga yoqdimi?

Obuna bilan reklama bo'lmaydi

Zamin Premium — oyiga 4 900 so'm

Izohlar0

…

  1. Futbol akademiyalari uchun Skaut: to‘lov, davomat va ota-ona bilan aloqa endi bitta tizimda
  2. Toshkentdan Amerikaga: Nurmuxammad Ismoilov Akinda orqali halol investitsiyani global miqyosga olib chiqmoqda
  3. Avtoservisingizni raqamlashtiring: Bip Business bilan mijozlarni yo‘qotmang
  4. Mashina oynasiga raqam yozish xavflimi? Bip haydovchilar uchun yangi yechim topdi!
  5. 8 ta keng tarqalgan moliyaviy xato: nimalardan saqlanish kerak?
  6. Playmatch: maydon egalari ishini ancha yengillashtiradi
  7. Playmatch: futbol o‘ynash uchun kerakli barcha xizmatlar bitta ilovada
  8. Kundalik xarajatlar uchun kartani qanday tanlash mumkin?
  9. Eldor Shomurodov futbol akademiyasi va TBC Bank: bolalik orzularidan katta futbolgacha
  10. ANORBANK Boʻstonliqdagi 168-son maktab-internat tarbiyalanuvchilarini tabrikladi
  11. Haydovchilar va tashuvchilar uchun OSGOP sug‘urtasining afzalliklari...
  12. Pure Milky’dan navbatdagi kreativ: Har qadam — aziz insonlarga mehr bilan!
  13. Kredit olish imkoniyatini oshirish uchun qayerda ishlash kerak?
  14. Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
  15. Fanning rivojlanishiga barchamiz mas’ulmiz!
  16. XIV Toshkent xalqaro kinofestivali qanday o‘tkazilmoqda?