Afg‘onistondagi 6 ballik zilzila O‘zbekiston ham sezildi

1 daqiqa o'qish2.5K
Afg‘onistondagi 6 ballik zilzila O‘zbekiston ham sezildi

21 oktyabr kuni kechasi Afg‘oniston hududida sodir bo‘lgan zilzila O‘zbekistonning bir nechta viloyatlarida ham his qilindi. Bu haqda Seysmoprognostik monitoring Respublika markazi ma’lum qildi.

Ma’lumotlarga ko‘ra, zilzila Toshkent vaqti bilan soat 23:14 da qayd etilgan. Uning epitsentri Badaxshon viloyatida, Toshkentdan taxminan 556 kilometr janubiy-sharqda joylashgan. Zilzilaning magnitudasi 6 ball, chuqurligi esa 225 kilometr bo‘lgan.

O‘zbekiston hududidagi seysmik faollik asosan yengil darajada sezilgan. Xususan, Surxondaryo viloyatida tebranish kuchi 3 ball atrofida qayd etilgan. Farg‘ona, Sirdaryo, Andijon, Jizzax, Samarqand, Namangan va Qashqadaryo viloyatlarida 2–3 balllik seysmik ta’sir kuzatilgan. Poytaxt Toshkentda esa yer osti tebranishlari 2 ball darajasida bo‘lgan.

Hozircha zilzila oqibatida qurbonlar yoki zararlar haqida ma’lumot berilmagan. Mutaxassislar Afg‘oniston shimolidagi faol tektonik hududlarda so‘nggi oylarda zilzilalar soni ko‘payganini qayd etmoqda.

Ekspertlar fuqarolarni shoshma-shoshar harakat qilmaslikka va rasmiy manbalar orqali ma’lumotlarni kuzatib borishga chaqirdi.

Maqola sizga yoqdimi?

Obuna bilan reklama bo'lmaydi

Zamin Premium — oyiga 4 900 so'm

Izohlar0

…

  1. Futbol akademiyalari uchun Skaut: to‘lov, davomat va ota-ona bilan aloqa endi bitta tizimda
  2. Toshkentdan Amerikaga: Nurmuxammad Ismoilov Akinda orqali halol investitsiyani global miqyosga olib chiqmoqda
  3. Avtoservisingizni raqamlashtiring: Bip Business bilan mijozlarni yo‘qotmang
  4. Mashina oynasiga raqam yozish xavflimi? Bip haydovchilar uchun yangi yechim topdi!
  5. 8 ta keng tarqalgan moliyaviy xato: nimalardan saqlanish kerak?
  6. Playmatch: maydon egalari ishini ancha yengillashtiradi
  7. Playmatch: futbol o‘ynash uchun kerakli barcha xizmatlar bitta ilovada
  8. Kundalik xarajatlar uchun kartani qanday tanlash mumkin?
  9. Eldor Shomurodov futbol akademiyasi va TBC Bank: bolalik orzularidan katta futbolgacha
  10. ANORBANK Boʻstonliqdagi 168-son maktab-internat tarbiyalanuvchilarini tabrikladi
  11. Haydovchilar va tashuvchilar uchun OSGOP sug‘urtasining afzalliklari...
  12. Pure Milky’dan navbatdagi kreativ: Har qadam — aziz insonlarga mehr bilan!
  13. Kredit olish imkoniyatini oshirish uchun qayerda ishlash kerak?
  14. Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
  15. Fanning rivojlanishiga barchamiz mas’ulmiz!
  16. XIV Toshkent xalqaro kinofestivali qanday o‘tkazilmoqda?