
Belgiya poytaxtining xalqaro aeroportida davlat rahbarini Yevropa Ittifoqining Markaziy Osiyo bo‘yicha maxsus vakili Eduards Stiprays va boshqa rasmiy shaxslar kutib oldi.

24 oktyabr kuni O‘zbekiston prezidenti Yevropa kengashi raisi Antoniu Koshta va Yevropa komissiyasi raisi Ursula fon der Lyayen bilan muzokaralar hamda Belgiya qiroli Filipp bilan uchrashuv o‘tkazadi.

Davlat rahbari O‘zbekiston va Yevropa Ittifoqi o‘rtasida kengaytirilgan sheriklik va hamkorlik to‘g‘risidagi bitimni imzolash marosimida ishtirok etadi.
Tashrif doirasida Yevropaning yetakchi kompaniyalari va moliyaviy tuzilmalarining vakillari bilan davra suhbati o‘tkazilishi ham rejalashtirilgan.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar