31 oktyabr kuni mamlakatning ayrim joylarida yomg‘ir yog‘adi

1 daqiqa o'qish1.5K
31 oktyabr kuni mamlakatning ayrim joylarida yomg‘ir yog‘adi

O‘zgidromet ma’lumotlariga ko‘ra, 31 oktyabr kuni mamlakatning ayrim hududlarida yomg‘ir yog‘ishi, ba’zi viloyatlarda esa chang‘ to‘zonlar kuzatilishi mumkin.

Toshkent shahrida osmon biroz bulutli bo‘lib, kechqurun qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi ehtimol qilinmoqda. Shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, g‘arbdan 10–12 m/s gacha kuchayishi mumkin. Havo harorati tungi 8–10, kunduzi esa 23 daraja atrofida bo‘ladi.

Qoraqalpog‘iston va Xorazmda ham kechasi yoki ertalab qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi mumkin. Shamol 18 m/s gacha kuchayib, ayrim hududlarda chang‘ to‘zonlar kuzatilishi ehtimoldan xoli emas. Harorat kunduzi 18 darajagacha bo‘ladi.

Buxoro va Navoiy viloyatlarida ham ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘ishi mumkin. Harorat kunduzi 15–20 daraja bo‘lib, shamolning kuchayishi natijasida havo salqinroq bo‘ladi.

Markaziy viloyatlarda — Toshkent, Sirdaryo, Jizzax va Samarqandda yog‘ingarchilik kutilmaydi, ammo shamol 13–18 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kunduzi 20–25 daraja bo‘ladi.

Qashqadaryo va Surxondaryoda yomg‘ir bo‘lmaydi, shamol esa ayrim joylarda kuchayishi mumkin. Havo nisbatan iliq — kunduzi 24 darajagacha, kechasi 11 daraja atrofida bo‘ladi.

Farg‘ona vodiysida — Andijon, Namangan va Farg‘onada havo biroz bulutli bo‘lib, ertalab tuman tushishi mumkin. Harorat kunduzi 18–23 daraja, kechasi 6–11 daraja bo‘ladi.

Tog‘ oldi hududlarda esa ayrim joylarda yomg‘ir yog‘ishi kutilmoqda. Harorat kunduzi 17 daraja, kechasi esa 2–7 daraja atrofida bo‘ladi.

Mutaxassislar bu hafta mamlakat bo‘ylab shamolli va o‘zgaruvchan ob-havo saqlanib turishini ta’kidlamoqda.

Maqola sizga yoqdimi?

Obuna bilan reklama bo'lmaydi

Zamin Premium — oyiga 4 900 so'm

Izohlar0

…

  1. Futbol akademiyalari uchun Skaut: to‘lov, davomat va ota-ona bilan aloqa endi bitta tizimda
  2. Toshkentdan Amerikaga: Nurmuxammad Ismoilov Akinda orqali halol investitsiyani global miqyosga olib chiqmoqda
  3. Avtoservisingizni raqamlashtiring: Bip Business bilan mijozlarni yo‘qotmang
  4. Mashina oynasiga raqam yozish xavflimi? Bip haydovchilar uchun yangi yechim topdi!
  5. 8 ta keng tarqalgan moliyaviy xato: nimalardan saqlanish kerak?
  6. Playmatch: maydon egalari ishini ancha yengillashtiradi
  7. Playmatch: futbol o‘ynash uchun kerakli barcha xizmatlar bitta ilovada
  8. Kundalik xarajatlar uchun kartani qanday tanlash mumkin?
  9. Eldor Shomurodov futbol akademiyasi va TBC Bank: bolalik orzularidan katta futbolgacha
  10. ANORBANK Boʻstonliqdagi 168-son maktab-internat tarbiyalanuvchilarini tabrikladi
  11. Haydovchilar va tashuvchilar uchun OSGOP sug‘urtasining afzalliklari...
  12. Pure Milky’dan navbatdagi kreativ: Har qadam — aziz insonlarga mehr bilan!
  13. Kredit olish imkoniyatini oshirish uchun qayerda ishlash kerak?
  14. Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
  15. Fanning rivojlanishiga barchamiz mas’ulmiz!
  16. XIV Toshkent xalqaro kinofestivali qanday o‘tkazilmoqda?