O‘zbekistonda 12 oktyabr kuni qanday ob-havo kuzatiladi?

O‘zgidromet 12 oktyabr kuni O‘zbekistonda kutilayotgan ob-havo prognozini ma’lum qildi.
Prognozga ko‘ra, Toshkent shahrida havo o‘zgaruvchan bo‘lib, vaqti-vaqti bilan yomg‘ir yog‘ishi mumkin. Harorat kechasi 13–15 daraja, kunduzi esa 19–21 daraja iliq bo‘ladi.
Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Xorazm viloyatida ham havo o‘zgaruvchan bo‘ladi, biroq yog‘ingarchilik kutilmayapti. Harorat kechasi 8–13 daraja, kunduzi 21–26 daraja atrofida bo‘lishi kutilmoqda.
Buxoro va Navoiy viloyatlarida havo o‘zgaruvchan bo‘ladi, ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘adi. Harorat kechasi 10-15 daraja, kunduzi 18-23 daraja bo‘ladi.
Toshkent, Sirdaryo, Jizzax va Samarqand viloyatlarida havo o‘zgaruvchan bo‘ladi, ba’zi joylarda biroz yomg‘ir yog‘adi. Harorat kechasi 10-15 daraja, kunduzi 18-23 daraja bo‘ladi.
Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlarida havo o‘zgaruvchan bo‘ladi, ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘adi. Harorat kechasi 12-17 daraja, kunduzi 23-28 daraja bo‘ladi.
Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlarida havo o‘zgaruvchan bo‘ladi, ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘adi. Harorat kechasi 12-17 daraja, kunduzi 18-23 daraja bo‘ladi.
Respublikaning tog‘li hududlarida havo o‘zgaruvchan bo‘ladi, vaqti-vaqti bilan yomg‘ir yog‘adi, ba’zi joylarda kuchli bo‘ladi. Baland tog‘larda yog‘ingarchilik qorga aylanishi mumkin. Harorat kechasi 5-10 daraja iliq, kunduzi 7-12 daraja bo‘ladi.






























Izohlar 0
…