date

Buxoroda 3,2 magnitudali zilzila qayd etildi

Buxoroda 3,2 magnitudali zilzila qayd etildi
O‘zbekiston Favqulodda vaziyatlar vazirligi Respublika seysmoprognoz monitoring markazi matbuot xizmati ma’lum qilishicha, 8-noyabr kuni soat taxminan 09:14 da mamlakat hududida zilzila kuzatilgan. Zilzila epitsentri Buxoro viloyatining Gazli shahrida joylashgan.

Epitsentrdagi zilzilaning magnitudasi M=3,2 ni tashkil etgan, yer osti tebranishlari kuchi esa 3 ball sifatida baholandi. Zilzila o‘chog‘i yer ostida 10 kilometr chuqurlikda joylashgan.

Gazli shahri aholisi 2 ball kuchidagi yer tebranishlarini his qilgan bo‘lishi mumkin. Boshqa hududlar, tumanlar va shaharlarda yer osti silkinishlari qayd etilmagan.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » O‘zbekiston » Buxoroda 3,2 magnitudali zilzila qayd etildi