Narkojinoyat haqida xabar bergan fuqarolar mukofotlanadi

1 daqiqa o'qish268
Narkojinoyat haqida xabar bergan fuqarolar mukofotlanadi

O‘zbekistonda giyohvandlikka qarshi kurashda yangi tizim joriy etiladi. Endi narkotik vositalarning noqonuniy aylanmasi haqida xabar bergan yoki uni aniqlashga yordam ko‘rsatgan fuqarolar maxsus mukofot bilan taqdirlanadi, deb xabar berdi hukumat manbalari.

Prezident farmoniga muvofiq, rag‘batlantirish tartibini Narkotiklar va o‘qotar qurollarni nazorat qilish agentligi ishlab chiqadi va Vazirlar Mahkamasiga taqdim etadi. Bu chora fuqarolarning faol ishtiroki orqali giyohvandlikka qarshi kurashni kuchaytirishni maqsad qiladi.

Shuningdek, Ichki ishlar vazirligi 2025 yil oxirigacha profilaktika inspektorlarini noqonuniy narkolaboratoriya va qadoqlash sexlarini aniqlash bo‘yicha tayyorlashni tashkil etadi. Samarali ishlagan xodimlar budjetdan tashqari mablag‘lar hisobidan rag‘batlantiriladi.

2026 yil 1 martgacha ichki ishlar organlari uchun narkotik vositalarni tezkor aniqlaydigan zamonaviy uskunalar xarid qilinishi rejalashtirilgan.

Bundan tashqari, psixotrop va kuchli ta’sir etuvchi moddalar aylanmasiga qarshi choralar kuchaytiriladi. Yoshlar ishtirokidagi jinoyatlar uchun esa alohida qat’iy javobgarlik belgilanishi kutilmoqda.

Yangi tashabbus nafaqat jinoyatchilikka qarshi kurashish, balki jamiyatning ongli ishtirokini ta’minlashga ham qaratilgan.

Maqola sizga yoqdimi?

Obuna bilan reklama bo'lmaydi

Zamin Premium — oyiga 4 900 so'm

Izohlar0

…

  1. Futbol akademiyalari uchun Skaut: to‘lov, davomat va ota-ona bilan aloqa endi bitta tizimda
  2. Toshkentdan Amerikaga: Nurmuxammad Ismoilov Akinda orqali halol investitsiyani global miqyosga olib chiqmoqda
  3. Avtoservisingizni raqamlashtiring: Bip Business bilan mijozlarni yo‘qotmang
  4. Mashina oynasiga raqam yozish xavflimi? Bip haydovchilar uchun yangi yechim topdi!
  5. 8 ta keng tarqalgan moliyaviy xato: nimalardan saqlanish kerak?
  6. Playmatch: maydon egalari ishini ancha yengillashtiradi
  7. Playmatch: futbol o‘ynash uchun kerakli barcha xizmatlar bitta ilovada
  8. Kundalik xarajatlar uchun kartani qanday tanlash mumkin?
  9. Eldor Shomurodov futbol akademiyasi va TBC Bank: bolalik orzularidan katta futbolgacha
  10. ANORBANK Boʻstonliqdagi 168-son maktab-internat tarbiyalanuvchilarini tabrikladi
  11. Haydovchilar va tashuvchilar uchun OSGOP sug‘urtasining afzalliklari...
  12. Pure Milky’dan navbatdagi kreativ: Har qadam — aziz insonlarga mehr bilan!
  13. Kredit olish imkoniyatini oshirish uchun qayerda ishlash kerak?
  14. Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
  15. Fanning rivojlanishiga barchamiz mas’ulmiz!
  16. XIV Toshkent xalqaro kinofestivali qanday o‘tkazilmoqda?