Toshkentda avtobuslar ancha tezlashadi: yo‘llarda yangi bosqich

1 daqiqa o'qish2.6K
Toshkentda avtobuslar ancha tezlashadi: yo‘llarda yangi bosqich

Toshkent jamoat transportida jiddiy o‘zgarishlar boshlanmoqda — poytaxtda avtobuslarning o‘rtacha harakat tezligi sezilarli oshiriladi. Prezident qaroriga ko‘ra, endilikda avtobuslar 18 km/soat o‘rniga 24 km/soat tezlikda harakatlanishi belgilanmoqda. Bu nafaqat vaqtni tejash, balki yo‘llardagi tirbandliklarni kamaytirishga qaratilgan islohotlarning bir qismi sanaladi.

Tasdiqlangan yo‘l xaritasiga muvofiq, 2030 yilgacha Toshkent transport tizimida bir qator katta maqsadlar qo‘yilgan. Jumladan, aholining jamoat transportidan foydalanish darajasini 60 foizga yetkazish, poytaxt bo‘ylab 150 ming o‘rinli avtoturargohlar barpo etish va metro tarmog‘ini 103 kilometrgacha kengaytirish rejalashtirilgan.

Shuningdek, Toshkentda Yo‘l harakatini tashkil etish markazi tashkil etiladi. U transport oqimlari, piyodalar harakati va jamoat transportini zamonaviy raqamli texnologiyalar asosida doimiy monitoring qilib boradi.

Markazning vazifalari orasida yana quyidagilar bor:
— poytaxtning to‘laqonli transport master-rejasini ishlab chiqish;
— shaharga kiruvchi asosiy yo‘llarda avtobus va metroni bog‘lovchi ko‘p qavatli parkovkalar qurish;
— yerusti metro liniyalari va yo‘lo‘tkazgichlar ostida xavfsiz avtoturargohlar barpo etish.

Ushbu o‘zgarishlar Toshkent yo‘llarida harakatni yengillashtirishi, jamoat transportini barqaror va tezkor qilishini mutasaddilar ta’kidlayapti. Shahar transport tizimi yaqin yillarda mutlaqo yangi bosqichga ko‘tarilishi kutilmoqda.

Maqola sizga yoqdimi?

Obuna bilan reklama bo'lmaydi

Zamin Premium — oyiga 4 900 so'm

Izohlar0

…

  1. Futbol akademiyalari uchun Skaut: to‘lov, davomat va ota-ona bilan aloqa endi bitta tizimda
  2. Toshkentdan Amerikaga: Nurmuxammad Ismoilov Akinda orqali halol investitsiyani global miqyosga olib chiqmoqda
  3. Avtoservisingizni raqamlashtiring: Bip Business bilan mijozlarni yo‘qotmang
  4. Mashina oynasiga raqam yozish xavflimi? Bip haydovchilar uchun yangi yechim topdi!
  5. 8 ta keng tarqalgan moliyaviy xato: nimalardan saqlanish kerak?
  6. Playmatch: maydon egalari ishini ancha yengillashtiradi
  7. Playmatch: futbol o‘ynash uchun kerakli barcha xizmatlar bitta ilovada
  8. Kundalik xarajatlar uchun kartani qanday tanlash mumkin?
  9. Eldor Shomurodov futbol akademiyasi va TBC Bank: bolalik orzularidan katta futbolgacha
  10. ANORBANK Boʻstonliqdagi 168-son maktab-internat tarbiyalanuvchilarini tabrikladi
  11. Haydovchilar va tashuvchilar uchun OSGOP sug‘urtasining afzalliklari...
  12. Pure Milky’dan navbatdagi kreativ: Har qadam — aziz insonlarga mehr bilan!
  13. Kredit olish imkoniyatini oshirish uchun qayerda ishlash kerak?
  14. Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
  15. Fanning rivojlanishiga barchamiz mas’ulmiz!
  16. XIV Toshkent xalqaro kinofestivali qanday o‘tkazilmoqda?