
Prezident Shavkat Mirziyoyev 10-dekabr kuni korrupsiyaga qarshi kurashish, qonunga amal qilinishini kuzatadigan tizimini rivojlantirish va sohani raqamlashtirish bo‘yicha ko‘rilayotgan choralar haqida taqdimot bilan tanishdi. Korrupsiya taraqqiyotga jiddiy zarar yetkazishi, shuning uchun uning oldini olish davlat siyosatining muhim yo‘nalishi ekani qayd etildi.
So‘nggi davrda davlat idoralarida ichki nazorat kuchaytirilib, o‘rganishlar natijasida yirik moliyaviy xatolar aniqlanib, mablag‘larning maqsadsiz sarflanishiga chek qo‘yilgani ta’kidlandi. Mansabdor shaxslarga nisbatan javobgarlik choralari qo‘llanilayotgani ham aytib o‘tildi.
Taqdimotda korrupsiyaning oldini olishda raqamlashtirish muhim o‘rin tutishi qayd etildi. Xavf-tahlil markazini yaratish, ma’lumotlar bazalarini integratsiya qilish hamda davlat xaridlarida ochiqlikni oshirish bo‘yicha rejalar ko‘rsatildi.
Yig‘ilish yakunida korrupsiyaga qarshi kurashda jamoatchilik nazoratini kuchaytirish, profilaktika ishlarini kengaytirish va iqtisodiy huquqbuzarliklarning oldini olish bo‘yicha mutasaddilarga aniq topshiriqlar berildi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.