Afg‘onistonda 6 ballli zilzila O‘zbekistonda ham sezildi

1 daqiqa o'qish2.1K
Afg‘onistonda 6 ballli zilzila O‘zbekistonda ham sezildi

19 dekabr kuni soat 10:39da Afg‘onistonning Taxor viloyati hududida 6 ball kuchiga ega zilzila qayd etildi. Yer silkinishining epitsentri Toshkentdan taxminan 551 kilometr janubiy-sharqda joylashgan.

O‘zbekiston Seysmoprognostik monitoring markazi ma’lumotiga ko‘ra, zilzila mamlakatning bir qator hududlarida turli darajada sezilgan. Eng kuchli tebranish Surxandaryo viloyatida kuzatilib, u yerda 4 ballga yetgan. Qashqadaryo va Samarqand viloyatlarida yer silkinishi 3 ball atrofida bo‘lgan.

Jizzax, Sirdaryo va Farg‘ona viloyatlarida zilzila 2–3 ball darajasida sezilgan. Navoiy viloyati, Toshkent shahri, shuningdek Namangan va Andijon viloyatlarida esa 2 balllik yer tebranishlari qayd etilgan.

Ayni paytgacha fuqarolar hayoti yoki infratuzilmaga jiddiy zarar yetgani haqida rasmiy ma’lumot berilmadi. Vazirlik va tegishli xizmatlar vaziyatni nazorat ostida ushlab turibdi. Yer silkinishlari xavfi saqlanib turgan bir paytda, mutaxassislar aholini xotirjamlikni saqlashga va xavfsizlik qoidalariga amal qilishga chaqirmoqda.

Maqola sizga yoqdimi?

Obuna bilan reklama bo'lmaydi

Zamin Premium — oyiga 4 900 so'm

Izohlar0

…

  1. Futbol akademiyalari uchun Skaut: to‘lov, davomat va ota-ona bilan aloqa endi bitta tizimda
  2. Toshkentdan Amerikaga: Nurmuxammad Ismoilov Akinda orqali halol investitsiyani global miqyosga olib chiqmoqda
  3. Avtoservisingizni raqamlashtiring: Bip Business bilan mijozlarni yo‘qotmang
  4. Mashina oynasiga raqam yozish xavflimi? Bip haydovchilar uchun yangi yechim topdi!
  5. 8 ta keng tarqalgan moliyaviy xato: nimalardan saqlanish kerak?
  6. Playmatch: maydon egalari ishini ancha yengillashtiradi
  7. Playmatch: futbol o‘ynash uchun kerakli barcha xizmatlar bitta ilovada
  8. Kundalik xarajatlar uchun kartani qanday tanlash mumkin?
  9. Eldor Shomurodov futbol akademiyasi va TBC Bank: bolalik orzularidan katta futbolgacha
  10. ANORBANK Boʻstonliqdagi 168-son maktab-internat tarbiyalanuvchilarini tabrikladi
  11. Haydovchilar va tashuvchilar uchun OSGOP sug‘urtasining afzalliklari...
  12. Pure Milky’dan navbatdagi kreativ: Har qadam — aziz insonlarga mehr bilan!
  13. Kredit olish imkoniyatini oshirish uchun qayerda ishlash kerak?
  14. Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
  15. Fanning rivojlanishiga barchamiz mas’ulmiz!
  16. XIV Toshkent xalqaro kinofestivali qanday o‘tkazilmoqda?