
11 fevraldan O‘zbekistonning deyarli barcha hududlarida havo harorati keskin tushib ketishi kutilmoqda. Qalampir sayti yozishicha, 10 fevral kuni kechasi mamlakatimiz bo‘ylab qor yog‘adi.
11 fevral kuni Toshkent shahrida vaqti-vaqti bilan qor yog‘adi. Harorat kunduzi 2 daraja iliq bo‘lsa, kechasi 2 daraja sovuq bo‘ladi. 12-13 fevral kunlari ham qisqa muddatli yog‘ingarchilik kuzatilib, harorat kunduzi 6 darajagacha ko‘tariladi. Kechasi kutilayotgan harorat -4...-2 daraja.
Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Xorazm viloyatida ham 10 fevral kechasi qisqa muddatli qor yog‘adi. 11-13 fevral kunlari yog‘ingarchilik kuzatilmaydi. Harorat kunduzi -7...-5 darajagacha tushadi. Qoraqalpog‘istonda harorat kechasi 18 darajagacha sovuq bo‘lishi kutilyapti. Xorazmda esa kechasi 12 daraja sovuq bo‘ladi.
Buxoro va Navoiy viloyatlarida 11 fevral kuni qor yog‘adi. Harorat kunduzi -2...+3 daraja, kechasi -5...0 daraja bo‘lishi kutilmoqda. 12-13 fevral kunlari yog‘ingarchilik kutilmaydi. Harorat kunduzi 8 darajagacha iliq bo‘ladi.
Samarqand, Jizzax, Sirdaryo viloyatlarida ham vaqti-vaqti bilan yomg‘ir, qor yog‘adi. Harorat kechasi va kunduzi -2...+3 daraja bo‘lishi kutilmoqda. 12 fevral kuni yog‘ingarchilik kuzatilmaydi. Harorat kunduzi 8 darajagacha ko‘tariladi.
Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlarida 11 fevral kuni yomg‘ir yog‘adi. Harorat kechasi 2 darajagacha sovuq bo‘ladi. Kunduzi esa 8 darajagacha iliq bo‘ladi. 12 fevral kuni yog‘ingarchilik kuzatilmaydi.
Dam olish kunlari Farg‘ona vodiysida yog‘ingarchilik kutilmaydi. Harorat kunduzi 10 darajagacha iliq bo‘ladi, kechasi esa -5...0 daraja bo‘lishi kutilmoqda. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar