O‘zbekistonda korrupsiyani fosh qilganlarga himoya orderi beriladi

1 daqiqa o'qish185
O‘zbekistonda korrupsiyani fosh qilganlarga himoya orderi beriladi

O‘zbekistonda korrupsiyani fosh qilganlarga himoya orderi beriladi

O‘zbekistonda korrupsiyaga qarshi kurash tizimida muhim yangilik joriy etilmoqda. Endilikda korrupsiyaga oid jinoyatlar haqida xabar bergan fuqarolar davlat tomonidan maxsus himoya orderi bilan ta’minlanadi. Bu tartib prezident farmoniga asosan 2026 yil 1 iyuldan kuchga kiradi, deya ma’lum qildi Adliya vazirligi.
Yangi qarorga muvofiq, korrupsiyani fosh etishga hissa qo‘shgan shaxslarni rag‘batlantirish maqsadida “Korrupsiyaga qarshi kurashga qo‘shgan hissasi uchun” nomli maxsus ko‘krak nishoni ham ta’sis etilmoqda. Bu orqali halollik va faol fuqarolik pozitsiyasi qo‘llab-quvvatlanishi ko‘zda tutilgan.
Shuningdek, farmon asosida Raqamli muvofiqlikka oid axborot va dasturiy ta’minot majmuasi sinov tartibida ishga tushiriladi. U korrupsiyaga qarshi kurash klasteri ishtirokchilari o‘rtasida tezkor ma’lumot almashish, E-Komplaens moduli orqali ichki nazorat jarayonlarini raqamlashtirish hamda davlat idoralarida qonunbuzarliklarni oldini olish bo‘yicha majburiy ko‘rsatmalar tizimini joriy etish imkonini beradi.
Eng muhimi, korrupsiya holatlari haqida xabar bergan shaxslar mehnat qonunchiligi doirasida har qanday ta’qib, bosim yoki nohaq munosabatlardan himoya qilinadi. Bu esa fuqarolarni qonunbuzarliklarga befarq bo‘lmaslikka undaydi.
Mutaxassislar fikricha, mazkur chora-tadbirlar mamlakatda shaffoflikni oshirish, jamiyatda adolatli muhitni mustahkamlash va korrupsiyaga qarshi kurash samaradorligini yangi bosqichga olib chiqishi kutilmoqda.
Maqola sizga yoqdimi?

Obuna bilan reklama bo'lmaydi

Zamin Premium — oyiga 4 900 so'm

Izohlar0

…

  1. Futbol akademiyalari uchun Skaut: to‘lov, davomat va ota-ona bilan aloqa endi bitta tizimda
  2. Toshkentdan Amerikaga: Nurmuxammad Ismoilov Akinda orqali halol investitsiyani global miqyosga olib chiqmoqda
  3. Avtoservisingizni raqamlashtiring: Bip Business bilan mijozlarni yo‘qotmang
  4. Mashina oynasiga raqam yozish xavflimi? Bip haydovchilar uchun yangi yechim topdi!
  5. 8 ta keng tarqalgan moliyaviy xato: nimalardan saqlanish kerak?
  6. Playmatch: maydon egalari ishini ancha yengillashtiradi
  7. Playmatch: futbol o‘ynash uchun kerakli barcha xizmatlar bitta ilovada
  8. Kundalik xarajatlar uchun kartani qanday tanlash mumkin?
  9. Eldor Shomurodov futbol akademiyasi va TBC Bank: bolalik orzularidan katta futbolgacha
  10. ANORBANK Boʻstonliqdagi 168-son maktab-internat tarbiyalanuvchilarini tabrikladi
  11. Haydovchilar va tashuvchilar uchun OSGOP sug‘urtasining afzalliklari...
  12. Pure Milky’dan navbatdagi kreativ: Har qadam — aziz insonlarga mehr bilan!
  13. Kredit olish imkoniyatini oshirish uchun qayerda ishlash kerak?
  14. Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
  15. Fanning rivojlanishiga barchamiz mas’ulmiz!
  16. XIV Toshkent xalqaro kinofestivali qanday o‘tkazilmoqda?