O‘zbekistonda Italiyaning yangi elchisi qabul qilindi

Tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov O‘zbekistonga yangi tayinlangan Italiyaning Favqulodda va Muxtor elchisi Gvido de Sanktisdan ishonch yorliqlari nusxalarini qabul qildi. Bu haqda podrobno.uz xabar beradi.
Uchrashuvda tomonlar O‘zbekiston–Italiya hamkorligining bugungi holati va uni yanada rivojlantirish istiqbollarini muhokama qildi. Savdo-investitsiya hamda iqtisodiy aloqalarni kengaytirish, amaliy yo‘nalishdagi hamkorlikni kuchaytirish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.
Shuningdek, ikki mamlakat ishbilarmon doiralari o‘rtasida to‘g‘ridan-to‘g‘ri aloqalarni rag‘batlantirish va sheriklikni izchil chuqurlashtirish muhimligi ta’kidlandi. Yakunda Baxtiyor Saidov italiyalik diplomatdan O‘zbekistondagi faoliyatida muvaffaqiyat va samarali ish tiladi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!