date

Rossiyadan 14 nafar bola Vatanga qaytarildi

Rossiyadan 14 nafar bola Vatanga qaytarildi

Rossiya Federatsiyasi hududida ota-ona qaramog‘isiz qolgan 14 nafar voyaga yetmagan bola O‘zbekistonga qaytarildi. Bu operatsiya Ichki ishlar vazirligi, Sog‘liqni saqlash vazirligi hamda Prezident huzuridagi Milliy ijtimoiy himoya agentligi hamkorligida amalga oshirildi.

Bolalar Toshkentdagi Islom Karimov nomidagi xalqaro aeroport orqali olib kelingan va vaqtincha Toshkent shahar IIBB huzuridagi Voyaga yetmaganlarga ijtimoiy-huquqiy yordam ko‘rsatish markaziga joylashtirilgan.

Zarur rasmiy tartib-taomillardan so‘ng 13 nafar bola ota-onalariga topshirildi. Yana 1 nafar bola markaz xodimlari kuzatuvi ostida Andijon shahriga yuborilib, onasiga topshirildi.

Bolalarni ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash ishlari ularning yashash joyidagi “Inson” ijtimoiy xizmatlar markazlari tomonidan davom ettiriladi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » O‘zbekiston » Rossiyadan 14 nafar bola Vatanga qaytarildi