9 martdan sovuq qaytib yomg‘ir va qor boshlanadi

1 daqiqa o'qish21.9K
9 martdan sovuq qaytib yomg‘ir va qor boshlanadi

O‘zbekistonda kelasi hafta ob-havo keskin o‘zgarishi kutilmoqda. “O‘zgidromet” prognozlariga ko‘ra, 9–12 mart kunlari respublika hududiga sovuq va nam havo oqimlari kirib keladi. Shu bois ko‘p hududlarda yog‘ingarchilik kuzatilib, ayrim joylarda yomg‘ir qorga aylanishi mumkin.

Sinoptiklar ma’lumotiga ko‘ra, 9–11 mart kunlari mamlakat bo‘ylab vaqti-vaqti bilan yomg‘ir yog‘adi, ba’zi hududlarda esa qor aralash yog‘ingarchilik kuzatilishi ehtimol. Tog‘ oldi va tog‘li joylarda yog‘ingarchilik kuchayishi, ayrim nuqtalarda esa sel-suv toshqini xavfi yuzaga kelishi mumkin.

Shamol ham kuchayishi kutilmoqda. Ayrim hududlarda uning tezligi sekundiga 15–20 metrgacha yetishi, ba’zi joylarda esa 22–25 metr/sekundgacha kuchayishi mumkin. Bu esa havodagi sovuqni yanada kuchliroq sezdirishi tayin.

Eng katta sovuq 10–12 mart kunlari seziladi. Respublika shimolida kechasi havo 7–10 daraja sovuqqacha, kunduz kunlari esa 0–3 daraja sovuqqacha tushishi kutilmoqda. Qolgan hududlarda 11–12 mart kunlari kechasi 0–3 daraja sovuq, kunduz kunlari esa 2–5 daraja iliq atrofida bo‘lishi prognoz qilingan. Toshkent uchun ham 9–12 mart oralig‘ida yomg‘irli va keskin salqinlashgan ob-havo kutilmoqda.

Qisqasi, bahor biroz tanaffus qiladi: soyabon, qalinroq kiyim va ehtiyot choralar yana kerak bo‘ladi. Ayniqsa, tog‘li va tog‘ oldi hududlarda yashovchilar yoki yo‘lga chiqmoqchi bo‘lganlar ob-havo ogohlantirishlarini diqqat bilan kuzatib borgani ma’qul.

Maqola sizga yoqdimi?

Obuna bilan reklama bo'lmaydi

Zamin Premium — oyiga 4 900 so'm

Izohlar0

…

  1. Futbol akademiyalari uchun Skaut: to‘lov, davomat va ota-ona bilan aloqa endi bitta tizimda
  2. Toshkentdan Amerikaga: Nurmuxammad Ismoilov Akinda orqali halol investitsiyani global miqyosga olib chiqmoqda
  3. Avtoservisingizni raqamlashtiring: Bip Business bilan mijozlarni yo‘qotmang
  4. Mashina oynasiga raqam yozish xavflimi? Bip haydovchilar uchun yangi yechim topdi!
  5. 8 ta keng tarqalgan moliyaviy xato: nimalardan saqlanish kerak?
  6. Playmatch: maydon egalari ishini ancha yengillashtiradi
  7. Playmatch: futbol o‘ynash uchun kerakli barcha xizmatlar bitta ilovada
  8. Kundalik xarajatlar uchun kartani qanday tanlash mumkin?
  9. Eldor Shomurodov futbol akademiyasi va TBC Bank: bolalik orzularidan katta futbolgacha
  10. ANORBANK Boʻstonliqdagi 168-son maktab-internat tarbiyalanuvchilarini tabrikladi
  11. Haydovchilar va tashuvchilar uchun OSGOP sug‘urtasining afzalliklari...
  12. Pure Milky’dan navbatdagi kreativ: Har qadam — aziz insonlarga mehr bilan!
  13. Kredit olish imkoniyatini oshirish uchun qayerda ishlash kerak?
  14. Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
  15. Fanning rivojlanishiga barchamiz mas’ulmiz!
  16. XIV Toshkent xalqaro kinofestivali qanday o‘tkazilmoqda?