O'zbekistonda ob havo keskin sovib ketadi

1 daqiqa o'qish23.2K
O'zbekistonda ob havo keskin sovib ketadi

Bahor fasli kirib kelganiga qaramay, O'zbekistonga qish yana qaytmoqda. Sinoptiklar 9 mart kunidan boshlab respublika hududiga sovuq va nam havo massalari kirib kelishini ma'lum qildi. Ushbu o'zgarishlar natijasida mamlakat bo'ylab yog'ingarchiliklar kuzatiladi.

9 martdan 11 martga qadar respublikaning ko'plab hududlarida yomg'ir yog'ishi, ba'zi joylarda esa qorga aylanishi kutilmoqda. Tog'li va tog'oldi hududlarda yog'ingarchiliklar kuchli bo'lishi mumkin. Shuningdek, shamol tezligi sekundiga 15 dan 20 metrgacha, ayrim joylarda esa 25 metrgacha kuchayishi prognoz qilinmoqda.

Haroratning keskin pasayishi 10 martdan 12 mart kunlariga to'g'ri keladi. Shimoliy hududlarda kechasi 7 dan 10 darajagacha sovuq, kunduzi esa 0 dan 3 darajagacha sovuq bo'lishi kutilmoqda. Qolgan hududlarda esa kechasi 0 dan 3 darajagacha sovuq, kunduzi esa 2 dan 5 darajagacha iliq harorat kuzatiladi.

Mutaxassislar aholini ob havo o'zgarishlariga tayyor turishga chaqirmoqda. Fuqarolardan issiq kiyimlarni hozirlab qo'yish, zarur zaxiralarni tekshirish hamda tog'li hududlarga borishni vaqtincha cheklash tavsiya etiladi. Ob havo sharoitlari tufayli yo'llarda ehtiyotkor bo'lish so'raladi.

Maqola sizga yoqdimi?

Obuna bilan reklama bo'lmaydi

Zamin Premium — oyiga 4 900 so'm

Izohlar0

…

  1. Futbol akademiyalari uchun Skaut: to‘lov, davomat va ota-ona bilan aloqa endi bitta tizimda
  2. Toshkentdan Amerikaga: Nurmuxammad Ismoilov Akinda orqali halol investitsiyani global miqyosga olib chiqmoqda
  3. Avtoservisingizni raqamlashtiring: Bip Business bilan mijozlarni yo‘qotmang
  4. Mashina oynasiga raqam yozish xavflimi? Bip haydovchilar uchun yangi yechim topdi!
  5. 8 ta keng tarqalgan moliyaviy xato: nimalardan saqlanish kerak?
  6. Playmatch: maydon egalari ishini ancha yengillashtiradi
  7. Playmatch: futbol o‘ynash uchun kerakli barcha xizmatlar bitta ilovada
  8. Kundalik xarajatlar uchun kartani qanday tanlash mumkin?
  9. Eldor Shomurodov futbol akademiyasi va TBC Bank: bolalik orzularidan katta futbolgacha
  10. ANORBANK Boʻstonliqdagi 168-son maktab-internat tarbiyalanuvchilarini tabrikladi
  11. Haydovchilar va tashuvchilar uchun OSGOP sug‘urtasining afzalliklari...
  12. Pure Milky’dan navbatdagi kreativ: Har qadam — aziz insonlarga mehr bilan!
  13. Kredit olish imkoniyatini oshirish uchun qayerda ishlash kerak?
  14. Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
  15. Fanning rivojlanishiga barchamiz mas’ulmiz!
  16. XIV Toshkent xalqaro kinofestivali qanday o‘tkazilmoqda?