10:39 / 25.03.2017
6 648

Bunyodkor va Muqimiy ko‘chalari kesishmasida barpo etilgan yangi ko‘prik qachon ochiladi

Bunyodkor va Muqimiy ko‘chalari kesishmasida barpo etilgan yangi ko‘prik qachon ochiladi
Ma’lumki, Toshkent metropolitenining Novza metro bekati chorrahasidagi yangi avtomobil ko‘prigi qurilayotgani, uning ochilish sanasi ortga surilgani haqida avval ham xabar qilingan edi. Yangi olti qatorlik yo‘l o‘tkazgich uzunligi 900 metrni, eni 24 metrni tashkil etadi. Unga parallel ravishda ikkita, har biri 131,6 metrlik piyodalar uchun mo‘ljallangan tomi yopiq er usti ko‘prigi ham barpo etildi. Piyodalarga qulaylik sifatida ularga eskalator va lift ham o‘rnatiladi, deb yozadi Kun.uz nashri.

Ayni vaqtda, ta’kidlash joizki, ko‘prikda va uning yon-atrofida barcha ishlar bajarib bo‘linganini ko‘rish mumkin. Faqat, obodonlashtirish xodimlari so‘nggi tozalash ishlarini amalga oshirmoqda. Shu bilan birga, ko‘prikning qachon foydalanishga topshirilishi masalasi hamon ochiq qolmoqda. Bu haqda turli gap-so‘zlar ham mavjud. Turli OAV shahar ma’muriyati vakiliga asoslangan holda, uning kelasi haftada ochilishini aytmoqda. Biroq, davlatimiz rahbari 25 mart kuni tushdan so‘ng ushbu hududda bajarilgan ishlar bilan tanishish maqsadida tashrif buyurishi haqida xabarlar ham yo‘q emas.

Eslatib o‘tamiz, Toshkent shahri va mehmonlari, shuningdek, ko‘prik tevarak atrofida istiqomat qiluvchi aholiga xizmat qiluvchi ko‘prikni foydalanishga topshirish muddati 21 mart – Navro‘z kuniga belgilangan edi. Biroq, bayramdan bir necha kun avval ko‘prik bayramda ochilmasligi aniq bo‘lib ulgurdi. Nima bo‘lganda ham barcha uchun birdek foydali bo‘lgan inshootning xalqimizga xizmat qilishini boshlashiga juda oz fursat qoldi. Buning uchun biroz sabr bilan kutish kifoya qiladi.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » O‘zbekiston » Bunyodkor va Muqimiy ko‘chalari kesishmasida barpo etilgan yangi ko‘prik qachon ochiladi