Elektrosamokatlarga haydovchilik guvohnomasi talab etilmaydi — YHHX

1 daqiqa o'qish356
Elektrosamokatlarga haydovchilik guvohnomasi talab etilmaydi — YHHX

Yo‘l harakati xavfsizligi xizmati ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan xabarlarga izoh berdi: elektrosamokat va shu kabi individual transport vositalari uchun haydovchilik guvohnomasi talab qilinmaydi.

Vazirlar Mahkamasining 2026 yil 30 martdagi qaroriga ko‘ra, A1 toifadagi haydovchilik guvohnomasi moped, skuter va kichik mototransport vositalari uchun majburiy hisoblanadi. Ammo mazkur qarorda shaxsiy harakatlanish vositalari bundan mustasno ekani alohida qayd etilgan.

Yo‘l qoidalariga muvofiq, dvigatel yordamida harakatlanadigan, bir yoki bir nechta g‘ildirakka ega va shaxsiy foydalanish uchun mo‘ljallangan transport vositalari individual kategoriyaga kiradi. Bunda elektrosamokat, elektr skeytbord, segvey va monog‘ildirak kabi vositalar nazarda tutilgan.

Shu bois, bunday transportni boshqarish uchun haydovchilik guvohnomasi talab qilinmaydi, lekin harakat qoidalariga rioya qilish shart. Xususan, elektrosamokat va boshqa shaxsiy transport vositalari yo‘lda veloyo‘laklardan, ular mavjud bo‘lmagan taqdirda esa yo‘lning chetidan harakatlanishi kerak.

Maqola sizga yoqdimi?

Obuna bilan reklama bo'lmaydi

Zamin Premium — oyiga 4 900 so'm

Izohlar0

…

  1. Futbol akademiyalari uchun Skaut: to‘lov, davomat va ota-ona bilan aloqa endi bitta tizimda
  2. Toshkentdan Amerikaga: Nurmuxammad Ismoilov Akinda orqali halol investitsiyani global miqyosga olib chiqmoqda
  3. Avtoservisingizni raqamlashtiring: Bip Business bilan mijozlarni yo‘qotmang
  4. Mashina oynasiga raqam yozish xavflimi? Bip haydovchilar uchun yangi yechim topdi!
  5. 8 ta keng tarqalgan moliyaviy xato: nimalardan saqlanish kerak?
  6. Playmatch: maydon egalari ishini ancha yengillashtiradi
  7. Playmatch: futbol o‘ynash uchun kerakli barcha xizmatlar bitta ilovada
  8. Kundalik xarajatlar uchun kartani qanday tanlash mumkin?
  9. Eldor Shomurodov futbol akademiyasi va TBC Bank: bolalik orzularidan katta futbolgacha
  10. ANORBANK Boʻstonliqdagi 168-son maktab-internat tarbiyalanuvchilarini tabrikladi
  11. Haydovchilar va tashuvchilar uchun OSGOP sug‘urtasining afzalliklari...
  12. Pure Milky’dan navbatdagi kreativ: Har qadam — aziz insonlarga mehr bilan!
  13. Kredit olish imkoniyatini oshirish uchun qayerda ishlash kerak?
  14. Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
  15. Fanning rivojlanishiga barchamiz mas’ulmiz!
  16. XIV Toshkent xalqaro kinofestivali qanday o‘tkazilmoqda?