Mart oyida avto bozori portladi: savdo 78 mingdan oshdi

1 daqiqa o'qish302
Mart oyida avto bozori portladi: savdo 78 mingdan oshdi
QisqachaAI yordamida tayyorlanganKo‘rsatish
  • O‘zbekistonda mart oyida yengil avtomobillar savdosi keskin oshib, umumiy sotuvlar hajmi 78 mingdan ortdi va o‘tgan oyga nisbatan 19 foizga o‘sdi.
  • Birlamchi bozorda yangi avtomobillar savdosi 31 mingtaga yetgan bo‘lsa, ikkilamchi bozorda ham 23 foizlik sezilarli o‘sish kuzatildi.
  • Xorijda ishlab chiqarilgan avtomobillar va elektromobillar segmentida ham faollik oshib, ayniqsa Toshkent shahri va Surxondaryo viloyatida eng yuqori ko‘rsatkichlar qayd etildi.

O‘zbekistonда 2026 yil mart oyida yengil avtomobillar bozorida faollik keskin oshdi. Bir oy ichida sotuvlar 78 mingtadan oshib, o‘tgan oyga nisbatan 19 foizga, o‘tgan yilning shu davriga nisbatan esa 20,6 foizga o‘sdi. Bu haqda Iqtisodiy tadqiqotlar va islohotlar markazi tahlillarida ma’lum qilindi.

Ma’lumotlarga ko‘ra, deyarli barcha hududlarda avtomobil bozori jonlangan. Faqat Jizzax, Andijon va Samarqand viloyatlarida biroz pasayish kuzatilgan. Eng yuqori o‘sish Surxondaryo viloyatida qayd etilib, savdo hajmi 51,4 foizga oshgan. Shuningdek, Toshkent viloyatida 46 foizlik o‘sish qayd etilgan bo‘lsa, Sirdaryo va Navoiyda mos ravishda 34,5 va 27,5 foizlik o‘sish kuzatilgan. Poytaxt Toshkent shahrida esa bozor faolligi bir oyda 60,5 foizga ko‘tarilgan.

Birlamchi bozorda yangi yengil avtomobillar savdosi qariyb 31 ming donani tashkil etib, oylik hisobda 13 foizdan ortiq o‘sishni ko‘rsatdi. Yillik dinamikada esa o‘sish 37 foizga yetgan. Mahalliy ishlab chiqarilgan avtomobillar segmentida sotuvlar 25 mingtaga yaqinlashib, oylik 3,8 foizga, yillik esa 26,5 foizga ko‘paygan.

Xorijda ishlab chiqarilgan yangi avtomobillar segmentida esa o‘sish yanada tez bo‘ldi. Bir oyda sotuvlar qariyb ikki baravarga oshib, 5,7 mingtaga yetgan. Yillik ko‘rsatkichlar ham ikki baravardan ziyod o‘sishni ko‘rsatmoqda.

Ikkilamchi bozorda ham sezilarli jonlanish kuzatildi. Mart oyida ishlatilgan yengil avtomobillar savdosi 47,5 ming donani tashkil etib, oylik hisobda 23 foizga oshgan. Yillik o‘sish esa 12 foiz atrofida bo‘ldi.

Elektromobillar bozori ham izchil rivojlanmoqda. Mart oyida ularning savdosi 5,5 mingtaga yetib, o‘tgan yilga nisbatan 24 foizga ko‘paydi. 8 ta hududda o‘sish qayd etilgan bo‘lsa, 4 ta viloyatda pasayish kuzatilgan. Eng katta o‘sish Xorazm viloyatida (5 baravar) qayd etilgan. Shuningdek, Navoiy (3,6 baravar), Jizzax (2,9 baravar) va Farg‘ona (2,2 baravar) viloyatlarida ham yuqori o‘sish sur’atlari kuzatilgan.

Maqola sizga yoqdimi?

Obuna bilan reklama bo'lmaydi

Zamin Premium — oyiga 4 900 so'm

Izohlar0

…

  1. Futbol akademiyalari uchun Skaut: to‘lov, davomat va ota-ona bilan aloqa endi bitta tizimda
  2. Toshkentdan Amerikaga: Nurmuxammad Ismoilov Akinda orqali halol investitsiyani global miqyosga olib chiqmoqda
  3. Avtoservisingizni raqamlashtiring: Bip Business bilan mijozlarni yo‘qotmang
  4. Mashina oynasiga raqam yozish xavflimi? Bip haydovchilar uchun yangi yechim topdi!
  5. 8 ta keng tarqalgan moliyaviy xato: nimalardan saqlanish kerak?
  6. Playmatch: maydon egalari ishini ancha yengillashtiradi
  7. Playmatch: futbol o‘ynash uchun kerakli barcha xizmatlar bitta ilovada
  8. Kundalik xarajatlar uchun kartani qanday tanlash mumkin?
  9. Eldor Shomurodov futbol akademiyasi va TBC Bank: bolalik orzularidan katta futbolgacha
  10. ANORBANK Boʻstonliqdagi 168-son maktab-internat tarbiyalanuvchilarini tabrikladi
  11. Haydovchilar va tashuvchilar uchun OSGOP sug‘urtasining afzalliklari...
  12. Pure Milky’dan navbatdagi kreativ: Har qadam — aziz insonlarga mehr bilan!
  13. Kredit olish imkoniyatini oshirish uchun qayerda ishlash kerak?
  14. Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
  15. Fanning rivojlanishiga barchamiz mas’ulmiz!
  16. XIV Toshkent xalqaro kinofestivali qanday o‘tkazilmoqda?