17:04 / 18.04.2017
5 135

Sirdaryoda milisiya ofiseri 50 litr benzin va 12 ming so‘m pora talab qildi

Sirdaryoda milisiya ofiseri 50 litr benzin va 12 ming so‘m pora talab qildi
Sirdaryo viloyati Boyovut tumani IIB JQ va UJQKB tezkor vakili, leytenant Dilshod Komilov jinoyatni hisobga olishni qasddan yashirish va pora olish jinoyatlarida ayblandi.

“Kun” nashrining yozishicha, Toshkentdagi avtomobillarni yuvish shoxobchalaridan birida ishlaydigan yigit o‘z tanishi bo‘lgan qizning telefonini olib qo‘yadi va agarda u uchrashuvga chiqsa, telefonni qaytarib berishini aytadi.

So‘ngra qiz IIBga murojaat etadi. Tezkor vakil D.Komilov esa jinoyatni hisobga olmaslik evaziga aybdor fuqarodan 50 litr benzin talab qiladi. Savdolashuvdan keyin fuqaro 30 litr benzin quyib beradi. Milisiya xodimi fuqarodan uyali telefoni hisobiga 12 ming so‘m tashlab berishni ham talab qilgan. Fuqaro esa D.Komilovning har bir gapini diktofonga yozib olgan va huquq-tartibot idoralariga murojaat qilgan.

Katta leytenant Dilshod Komilov jinoyatni hisobga olishni qasddan yashirish, pora olish jinoyatlari bilan ayblandi.
Jinoyat ishlari bo‘yicha Boyovut tuman sudi D.Komilovga nisbatan tegishli jazo tayinladi.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Fikrlar (0)