Tashqi ko‘rinishi mushukchani eslatadi, ammo tegish xavfli: zaharli tukli qurt haqida

Dunyo1 daqiqa o'qish9
Tashqi ko‘rinishi mushukchani eslatadi, ammo tegish xavfli: zaharli tukli qurt haqida

Tabiatda tashqi ko‘rinishi yoqimli va beozor tuyuladigan, ammo odamlar uchun xavf tug‘dirishi mumkin bo‘lgan jonivorlar uchraydi. Shulardan biri — mushuksimon tukli qurt (Megalopyge opercularis). Qalin va yumshoq tuklari sababli u mitti mushukchaga o‘xshaydi. Biroq uning ko‘rinishiga aldanmaslik kerak.

Ushbu qurt kapalaklar turkumiga mansub bo‘lib, rivojlanish jarayonida Southern flannel moth deb ataladigan kapalakga aylanadi. Uning tanasini qoplagan uzun, mayin tuklar orasida esa xavfli zaharli tikanlar yashiringan.

Qayerlarda uchraydi?

Megalopyge opercularis asosan AQSHning janubi-sharqiy va janubiy-markaziy hududlarida, shuningdek, Meksika hamda Markaziy Amerikaning ayrim qismlarida tarqalgan. O‘zbekiston ushbu turning tabiiy yashash hududiga kirmaydi. Mamlakatimizda uning tabiiy holda uchrashi haqida ishonchli ma’lumotlar mavjud emas.

Nimasi bilan xavfli?

Qurtning yumshoq tuklari orasida zaharli tikanlar joylashgan. Unga tasodifan tegib ketilganda, bu tikanlar teriga sanchilib, kuchli og‘riq, achishish, qizarish va shish paydo qilishi mumkin. Ayrim holatlarda og‘riq boshqa tana qismlariga ham tarqalishi, ko‘ngil aynishi va boshqa noxush alomatlar kuzatilishi mumkin.

Shu sababli bu jonivorni ko‘rganda unga qo‘l tekkizmaslik, ayniqsa, bolalarni undan uzoqroq tutish tavsiya etiladi.

Keyingi yangilik

Maqola sizga yoqdimi?

Obuna bilan reklama bo'lmaydi

Zamin Premium — oyiga 4 900 so'm

Izohlar0

…

  1. Futbol akademiyalari uchun Skaut: to‘lov, davomat va ota-ona bilan aloqa endi bitta tizimda
  2. Toshkentdan Amerikaga: Nurmuxammad Ismoilov Akinda orqali halol investitsiyani global miqyosga olib chiqmoqda
  3. Avtoservisingizni raqamlashtiring: Bip Business bilan mijozlarni yo‘qotmang
  4. Mashina oynasiga raqam yozish xavflimi? Bip haydovchilar uchun yangi yechim topdi!
  5. 8 ta keng tarqalgan moliyaviy xato: nimalardan saqlanish kerak?
  6. Playmatch: maydon egalari ishini ancha yengillashtiradi
  7. Playmatch: futbol o‘ynash uchun kerakli barcha xizmatlar bitta ilovada
  8. Kundalik xarajatlar uchun kartani qanday tanlash mumkin?
  9. Eldor Shomurodov futbol akademiyasi va TBC Bank: bolalik orzularidan katta futbolgacha
  10. ANORBANK Boʻstonliqdagi 168-son maktab-internat tarbiyalanuvchilarini tabrikladi
  11. Haydovchilar va tashuvchilar uchun OSGOP sug‘urtasining afzalliklari...
  12. Pure Milky’dan navbatdagi kreativ: Har qadam — aziz insonlarga mehr bilan!
  13. Kredit olish imkoniyatini oshirish uchun qayerda ishlash kerak?
  14. Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
  15. Fanning rivojlanishiga barchamiz mas’ulmiz!
  16. XIV Toshkent xalqaro kinofestivali qanday o‘tkazilmoqda?