20 yil soqol o‘stirib Ginnes rekordga kirgan eng yosh ayol uni olib tashlashga qaror qildi

Dunyo1 daqiqa o'qish3
20 yil soqol o‘stirib Ginnes rekordga kirgan eng yosh ayol uni olib tashlashga qaror qildi

Ginnesning rekordlar kitobiga to‘liq soqolga ega eng yosh ayol sifatida kiritilgan britaniyalik 35 yoshli Xarnaam Kaur 20 yildan beri o‘stirib kelayotgan soqolini olishga qaror qildi. U bu haqdagi xabarni ijtimoiy tarmoqlardagi sahifasida e’lon qilgan videosi orqali muxlislariga ma’lum qildi.

Kaurning aytishicha, bunday qarorga kelish uning uchun oson bo‘lmagan va turli hissiyotlarni boshdan kechirgan. Shunga qaramay, u hayotidagi yangi bosqichni boshlashni intiqlik bilan kutmoqda.

Ayol tashqi ko‘rinishini o‘zgartirish qarori boshqalarning fikri yoki jamiyat kutganlari bilan bog‘liq emasligini alohida ta’kidladi. Uning so‘zlariga ko‘ra, bu faqat o‘z xohishi va shaxsiy tanloviga asoslangan qaror.

Shuningdek, Xarnaam soqolini olib tashlaganidan keyingi ko‘rinishini qachon ommaga namoyish etishini hozircha aytmagan. U buning uchun o‘zini ruhan to‘liq tayyor his qilishi kerakligini bildirgan.

Ma’lum bo‘lishicha, Xarnaam Kaurda o‘smirlik davrida polikistik tuxumdonlar sindromi (PCOS) sababli yuzida tuklar o‘sishi boshlangan. U uzoq yillar davomida o‘ziga xos tashqi ko‘rinishi bilan bog‘liq qiyinchiliklarni yengib, o‘zini qanday bo‘lsa, shunday qabul qilishni o‘rgangan.

2016 yilda, 24 yoshida uning rekordi Ginnesning rekordlar kitobida rasman qayd etilgan. Endilikda esa u qariyb yigirma yillik soqoli bilan xayrlashib, hayotida yangi sahifa ochmoqchi.

Keyingi yangilik

Maqola sizga yoqdimi?

Obuna bilan reklama bo'lmaydi

Zamin Premium — oyiga 4 900 so'm

Izohlar0

…

  1. Futbol akademiyalari uchun Skaut: to‘lov, davomat va ota-ona bilan aloqa endi bitta tizimda
  2. Toshkentdan Amerikaga: Nurmuxammad Ismoilov Akinda orqali halol investitsiyani global miqyosga olib chiqmoqda
  3. Avtoservisingizni raqamlashtiring: Bip Business bilan mijozlarni yo‘qotmang
  4. Mashina oynasiga raqam yozish xavflimi? Bip haydovchilar uchun yangi yechim topdi!
  5. 8 ta keng tarqalgan moliyaviy xato: nimalardan saqlanish kerak?
  6. Playmatch: maydon egalari ishini ancha yengillashtiradi
  7. Playmatch: futbol o‘ynash uchun kerakli barcha xizmatlar bitta ilovada
  8. Kundalik xarajatlar uchun kartani qanday tanlash mumkin?
  9. Eldor Shomurodov futbol akademiyasi va TBC Bank: bolalik orzularidan katta futbolgacha
  10. ANORBANK Boʻstonliqdagi 168-son maktab-internat tarbiyalanuvchilarini tabrikladi
  11. Haydovchilar va tashuvchilar uchun OSGOP sug‘urtasining afzalliklari...
  12. Pure Milky’dan navbatdagi kreativ: Har qadam — aziz insonlarga mehr bilan!
  13. Kredit olish imkoniyatini oshirish uchun qayerda ishlash kerak?
  14. Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
  15. Fanning rivojlanishiga barchamiz mas’ulmiz!
  16. XIV Toshkent xalqaro kinofestivali qanday o‘tkazilmoqda?