Putinning qo‘riqchilarini ko‘z qisish orqali bergan ishorasi internetda 70 million marta ko‘rildi (video)

Rossiya prezidenti Vladimir Putin 25 noyabr kuni Kremlda Bruney sultoni Hassanal Bolkiah bilan uchrashdi. Biroq rasmiy uchrashuv oldidan tasvirga olingan qisqa lavha ijtimoiy tarmoqlarda katta qiziqish uyg‘otdi.
Videoda Kreml qo‘riqchilaridan biri hamkasbiga ko‘z qisib ishora qilgani, shundan so‘ng eshiklar ochilgani aks etgan. Foydalanuvchilar bu harakatni Putinning kelayotganidan darak beruvchi maxsus signal sifatida talqin qilishmoqda.
Qisqa video Instagram'da tezda ommalashib, qariyb 70 million marta tomosha qilingan va 2 milliondan ortiq layk to‘plagan.
Oddiygina ko‘z qisish orqali berilgan ishora internet foydalanuvchilarining hazilomuz izohlariga ham sabab bo‘ldi. Natijada rasmiy uchrashuvdan oldingi bir necha soniyalik lavha kunning eng ko‘p muhokama qilingan videolaridan biriga aylandi.
Keyingi yangilik

Obuna bilan reklama bo'lmaydi
Zamin Premium — oyiga 4 900 so'm
Mavzuga oid yangiliklar

































Izohlar0
…