08:10 / 26.06.2017
5 694

Rossiyada ishlashni istovchilar Toshkentda pullik imtihon topshirishlari mumkin

Rossiyada ishlashni istovchilar Toshkentda pullik imtihon topshirishlari mumkin
Poytaxtimizning biryo‘la uch oliy o‘quv dargohi O‘zbekiston fuqarolaridan Rossiyada ishlashga ruxsatnoma olish uchun imtihon qabul qila boshlaydi, deb yozmoqda Kun.uz nashri.

Imtihonlar topshirish tartibiga O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017 yil 20 iyundagi «Rossiya Federasiyasi hududida vaqtinchalik mehnat migrasiyasini amalga oshirishni rejalashtirayotgan fuqarolar uchun O‘zbekiston Respublikasi hududida kompleks imtihonlar tashkil qilish chora-tadbirlari haqida»gi qarori bilan aniqlik kiritilgan.

Yagona imtihon rus tili, RF tarixi va qonunchiligi asoslari borasidagi bilimlarni tekshiruvchi savollardan iborat bo‘ladi. Imtihonlar O‘zbekiston Milliy universiteti, I.Karimov nomidagi Toshkent davlati texnika universiteti va M.V.Lomonosov nomidagi Moskva davlat universitetining Toshkent filialida bo‘lib o‘tadi.

Yangi xizmat pullik bo‘ladi, to‘lov milliy va xorijiy valyutalarda qabul qilinadi. Xorijiy valyutada to‘lovlarni qabul qilish uchun markazlar maxsus terminallar bilan jihozlanadi. To‘lovning so‘mdagi qismi imtihon markazlarining moddiy-texnika bazasini mustahkamlash, xodimlar va oliygoh xodimlarini rag‘batlantirishga sarflanadi.

Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi matbuot xizmatining xabar berishicha, imtihonlardan muvaffaqiyatli o‘tgan fuqarolarning nomlari avtomatlashtirilgan elektron ma’lumotlar bazasiga qo‘shiladi. Uni ayni paytda ishlab turgan mehnat migrantlariga oid elektron baza bilan birlashtirish rejalashtirilgan.

Imtihonlar haqida barcha ma’lumotlar (uslubiy qo‘llanmalar, ularning bahosi, o‘tish vaqti va joyi) Tashqi mehnat migrasiyasi agentligining rasmiy saytida e’lon qilib boriladi.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » O‘zbekiston » Rossiyada ishlashni istovchilar Toshkentda pullik imtihon topshirishlari mumkin