Bugun O‘zbekiston – Qozog‘iston davlat chegarasida “Oq oltin – Selinnыy” va “Malik – Sirdaryo” o‘tkazish punktlarining rasmiy ochilish marosimi o‘tkazildi.
Ushbu punktlar O‘zbekiston fuqarolariga M39 yo‘lining Qozog‘iston hududidan o‘tuvchi qismidan foydalanishga imkon beradi. Marosimda ikki mamlakat hukumat vakillari, jamoatchilik qatnashgan.
Endi Janubiy viloyatlardan Toshkent shahriga boruvchi va qaytuvchi fuqarolar M39 yo‘lining Qozog‘iston Respublikasi hududidan o‘tuvchi 24 kilometrlik qismidan foydalanishlari mumkin.
Shu paytgacha haydovchilar 17-post deb ataluvchi yo‘l-patrul xizmati maskanidan Chinoz YPX maskanigacha Sirdaryo viloyati hududida 70 km.ga yaqin yo‘l bosishar edi. To‘g‘ri yo‘l ochilishi bilan ushbu masofa 46 kilometrni tashkil etadi.
Oldinroq berilgan xabarlarga ko‘ra, davlatlar chegaralarini kesib o‘tishda yengillashtirilgan pasport nazorati yo‘lga qo‘yiladi va kirish chiqish shtamplari bosilmaydi. “Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Donald Tramp 27 yoshli Karolin Levittni Oq uy matbuot kotibi etib tayinlamoqchi
Ayrim boshqaruv servis kompaniyalari shartnomalarida asossiz shartlar belgilangani aniqlandi
Jo Bayden: “Ba’zan xotinim meni kosmosga jo‘natish bilan tahdid qiladi”
Rossiyalik deputat: «Oliy ma’lumotlilarning kurerlik qilishi — vatanparvarlikka zid»
Omega-3 qanday qilib ozishga yordam beradi?
Shols va Putin o‘rtasidagi suhbat Kiyevga signal bo‘ldi
Endi operatsiyadan so‘ng kesmalar o‘rni ikki barobar tezroq bitishi mumkin
Apple dongdor ikki ayfonini rasman eskirgan deb e’lon qildi