O‘zbekiston hukumatining «2017 yil hosili paxta xom ashyosining xarid narxlari to‘g‘risida»gi qarori bilan qo‘lda terilgan paxta xom ashyosining 1 kilogrammi uchun 450 so‘mdan belgilangan xarid narxi 2017 yil 1 oktyabrdan boshlab — 500 so‘mni tashkil etadi.
Shuningdek, hujjatga muvofiq, mashinada terilgan paxta xom ashyosining 1 tonnasi uchun 260 000 so‘mdan to‘lanadi.
Paxta yetishtiruvchi fermer xo‘jaliklariga amalda topshirilgan paxta xom ashyosi uchun terimchilarga terim pullarini ushbu qarorda belgilangan tarif stavkalaridan kelib chiqqan holda har besh kunda, zarurat bo‘lganda esa — har kuni to‘lash tavsiya etildi.
Qarorga muvofiq, paxta yig‘im-terimini uyushqoqlik bilan o‘tkazish uchun joylarda kamida 100 nafar terimchidan iborat bo‘lgan terimchilar otryadlari tashkil etiladi.
«O‘zpaxtasanoat» aksiyadorlik jamiyati paxta yig‘im-terimi mavsumida tashkil etiladigan terimchilar otryadlari rahbarlarini paxta tozalash korxonalari bilan tuziladigan fuqarolik-huquqiy shartnomalar asosida ishga qabul qiladi.
«Agrobank» aksiyadorlik tijorat bankiga — «O‘zpaxtasanoat» aksiyadorlik jamiyati tashkilotlariga terimchilar otryadlari rahbarlariga o‘z vaqtida ish haqi to‘lash uchun 45 mlrd so‘m miqdorida kredit mablag‘lari ajratish tavsiya etildi.
Manba: Sof.uz “Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
NATO bosh kotibi Ukrainaning frontdagi ahvoli yomonlashganini tan oldi
Har qanday katta yoshdagi kishi yetuk emas
Erdo‘g‘on Turkiya Isroil bilan aloqalarini uzganini ma’lum qildi
Shavkat Mirziyoyev: “Falastinlik bolalar va ayollarni beg‘araz davolashga tayyormiz”
Raqobat qo‘mitasi birjada Ai-80 benzini boshlang‘ich narxiga cheklov o‘rnatdi
Blinken Isroildan uchta muammoni hal etishni talab qildi
Borrel YEIning Isroil bilan muloqotini to‘xtatishni taklif qildi
Google'ning Gemini chatboti foydalanuvchiga o‘lim tiladi