
Davlat soliq xizmati organlarida kadrlarini yangilash boʻyicha tizimli ishlar amalga oshirilib, sohaga zamonaviy fikrlaydigan, soliq toʻlovchilarning oʻz majburiyatlarini bajarishlarida va huquqlaridan foydalanishlarida ishonchli hamkori va yordamchisi boʻladigan, Davlat byudjetini himoya qilib, soliqqa tortiladigan bazani kengaytiradigan rahbar xodimlar jamlanmoqda.
Joriy yil avgust oyi davomida respublikaning 34 ta tuman va shahar davlat soliq inspeksiyalariga yangi rahbarlar qoʻyildi.
Jumladan, Toshkent shahrida 6 ta, Jizzax, Samarqand va Sirdaryo viloyatlarida 4 tadan, Namangan, Toshkent va Fargʻona viloyatlarida 3 tadan davlat soliq inspeksiyalariga boshliqlar tayinlandi. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar