Turizm qo‘mitasi: yil oxirigacha O‘zbekistonga 5 milliondan ziyod turist tashrif buyuradi

Turizm qo‘mitasi: yil oxirigacha O‘zbekistonga 5 milliondan ziyod turist tashrif buyuradi
"2018 yilning 10 oyi mobaynida O‘zbekistonga 4,4 mln turist tashrif buyurgan, ularning 300 000 tasi uzoq xorij davlatlaridan kelishgan. Yil oxiriga turistlar soni 5 mln dan ziyod bo‘lishi kutilmoqda",– deya xabar berdi Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi matbuot xizmati rahbari Yekaterina Semerdjidi.

"O‘zbekistonga turislar tashrifini oshirish maqsadida 8 davlatga vizasiz rejim o‘rnatildi, 50 davlatga viza olish tizimi yengillashtirildi, 101 ta davlatga viza tizimi o‘rnatildi, shuningdek, e-visa sistemasi tadbiq etildi", – deydi matbuot kotibi.

O‘zbekistonning Indoneziyadagi turizm bo‘yicha elchisi diplom berish taqdimotida Turizm qo‘mitasi matbuot kotibi O‘zbekistonda ziyorat turizmi, qishgi va yozgi dam olish zonalari, madaniy-ma’rifiy sayyohlik xizmatlari keng yo‘lga qo‘yilganini ta’kidladi.

Birinchi yarim yillikda turizm sohasidan daromad 452 mln AQSh dollarini tashkil etgan. 2018 yil oxiriga esa bu ko‘rsatkich 1 mlrd AQSh dollari bo‘lishi kutilmoqda.

Avvalroq Saudiya Arabistonida O‘zbekistonda ziyorat-turizmni rivojlantirish bo‘yicha muhokama bo‘lgan.
Zamin.uz saytini Google'ga qo'shing"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Zamin AI bilan muhokama qilingYangilikni tahlil qiling, foydali maslahatlar oling

Izohlar 0

Mavzuga oid yangiliklar