Samarqandda jamoatchilik maskanlari orqali qidiruvdagi shaxs ushlandi

1 daqiqa o'qish3.7K
Samarqandda jamoatchilik maskanlari orqali qidiruvdagi shaxs ushlandi
2019 yilning besh oyi mobaynida Samarqand shahridagi jamoatchilik maskanlaridagi navbatchilik orqali 67 ta tan jarohati bilan bog‘liq ma’muriy huquqbuzarlik, 143 ta mayda bezorilik holatlari aniqlangan.

Samarqand shahar Ichki ishlar boshqarmasi matbuot xizmatining «Daryo»ga ma’lum qilishicha, 2019 yilning besh oyi davomida shahardagi Jamoatchilik nazorati maskanlarida navbatchilikda turgan jamoatchilik vakillari tomonidan 6287 ta avtomashina hamda 22587 nafar fuqaro tekshirilgan. Tekshiruvlar natijasida O‘zbekiston Jinoyat Kodeksining 164-moddasi (Bosqinchilik) 3-qismi «v» bandi bilan qidiruvda yurgan A.K. ushlangan.

Bugungi kunda Samarqand shahrida jami 210 ta mahalla fuqarolar yig‘inlari mavjud bo‘lib, shundan 91 ta mahalla fuqarolar yig‘inlariga zamonaviy usulda yasalgan «Jamoatchilik nazorati maskanlari» qo‘yilgan. Mazkur «Jamoatchilik nazorati maskanlari»ning 10 tasi kuzatuv kameralari bilan jihozlangan.

Ma’lumot uchun, mahallalarda tashkil etilgan jamoatchilik maskanlarida profilaktika inspektorlarining yordamchilari va keng jamoatchilik vakillari bilan hamkorlikda tungi navbatchilik tashkil etilganligi natijasida so‘ngi besh oy davomida umumiy jinoyatchilik 175 taga (498 tadan 323 taga), o‘g‘irlik 55 taga (83 tadan 23 taga), bezorilik 2 taga (4 tadan 2 taga) talonchilik 5 taga (oltitadan bittaga) kamayishiga erishildi.

Manba: Daryo
Maqola sizga yoqdimi?

Obuna bilan reklama bo'lmaydi

Zamin Premium — oyiga 4 900 so'm

Izohlar0

…

  1. Futbol akademiyalari uchun Skaut: to‘lov, davomat va ota-ona bilan aloqa endi bitta tizimda
  2. Toshkentdan Amerikaga: Nurmuxammad Ismoilov Akinda orqali halol investitsiyani global miqyosga olib chiqmoqda
  3. Avtoservisingizni raqamlashtiring: Bip Business bilan mijozlarni yo‘qotmang
  4. Mashina oynasiga raqam yozish xavflimi? Bip haydovchilar uchun yangi yechim topdi!
  5. 8 ta keng tarqalgan moliyaviy xato: nimalardan saqlanish kerak?
  6. Playmatch: maydon egalari ishini ancha yengillashtiradi
  7. Playmatch: futbol o‘ynash uchun kerakli barcha xizmatlar bitta ilovada
  8. Kundalik xarajatlar uchun kartani qanday tanlash mumkin?
  9. Eldor Shomurodov futbol akademiyasi va TBC Bank: bolalik orzularidan katta futbolgacha
  10. ANORBANK Boʻstonliqdagi 168-son maktab-internat tarbiyalanuvchilarini tabrikladi
  11. Haydovchilar va tashuvchilar uchun OSGOP sug‘urtasining afzalliklari...
  12. Pure Milky’dan navbatdagi kreativ: Har qadam — aziz insonlarga mehr bilan!
  13. Kredit olish imkoniyatini oshirish uchun qayerda ishlash kerak?
  14. Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
  15. Fanning rivojlanishiga barchamiz mas’ulmiz!
  16. XIV Toshkent xalqaro kinofestivali qanday o‘tkazilmoqda?