3 042
“Biz ularni sudga beramiz” – Turdimov Qorasuvdagi 335 ta uy ehtiyojmand boʻlmaganlarga berilgani haqida gapirdi
Samarqand viloyat hokimi Erkinjon Turdimov Samarqand shahridagi Qorasuv massivida qurilgan uylar masalasida aholi bilan uchrashuv oʻtkazdi. Uchrashuvda maʼlum boʻlishicha, Qorasuvda 2018-yil qurilgan 1 344 ta uyning 335 tasi aslida uyga muhtojligi boʻlmaganlarga sotilgan.
Turdimov uylar chindan ehtiyoji borlarga berilishi kerakligini aytib, “Agromir Buildings” qurilish korxonasi hamda boshqa masʼullarga uylarni ularga ehtiyoji boʻlganlarga berish boʻyicha koʻrsatma berdi. Viloyat hokimi topshirigʻi bilan tuzilgan ishchi guruh yangi roʻyxatni shakllantirayotgani aytildi.
«Koʻplab uylar unga ehtiyoji boʻlmaganlarga berilgan. Biz ularni sudga berib uylarni boʻshatamiz va ishchi guruh shakllantirgan roʻyxatdagi chindan ehtiyojmandlarga beramiz. Davlat dasturi asosida qurilgan uylarni taqsimlashda Samarqand shahar hokimiyati tomonidan qingʻirliklarga yoʻl qoʻyilgan va men bu uchun yana bir marta uzr soʻrashga tayyorman», — deb Turdimovning soʻzlarini keltirmoqda Kun.uz muxbiri. “Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Kalyari” Shomurodov bo‘yicha bir qarorga keldi
Otabek G‘ulomxo‘jayev: "Tarixiy g‘alaba orqali o‘zbek xalqiga xursandchilik ulashgan yigitlarga rahmat"
Gurjiston parlamentida «chet el agentlari» to‘g‘risidagi qonun tufayli mushtlashuv yuz berdi
Eron Afg‘oniston bilan chegarasida beton devor qurishni boshladi
Ukraina Qrimga ATACMS raketalari bilan hujum qildi
U23 Osiyo Kubogi yarim final bahsi. Yaponiya ikkinchi finalchiga aylandi!
Surxondaryoda dunyodagi eng katta so‘zana tikildi
AQSHning Markaziy Osiyo davlatlari bo‘yicha strategiyasida Rossiya va Xitoyning tilga olinishi